Effect.uz tahririyatiga Navoiy viloyati Karmana tumanidan yöl taʼmiri bilan boğliq murojaat kelib tuşdi.
Murojaatda "Ayronçi" MFY aholisi mahalla köçasining asfaltlaş işlari bir yildan buyon yakuniga yetkazilmayotgani, yölga har safar oz miqdorda asfalt yotqizilib, işlar çala qoldirilayotganidan norozilik bildirgan.
Mazkur holatni örganiş, aholi eʼtirozlariga sabab bölayotgan muammoni joyida köriş, şuningdek, tuman hokimligi qanday munosabat bildirişini biliş maqsadida Effect.uz xodimlari aholi bilan birgalikda Karmana tumaniga bordi.
Tahririyat vakillari muammoni xolisona yoritiş hamda tuman hokimining uşbu murojaatdan xabardor yoki xabardor emasligini aniqlaş maqsadida hokim bilan uçraşişni ham rejalaştirgan edi.
Biroq, afsuski, tuman hokimi aholi va OAV vakillarini qariyb ikki soat kuttirganiga qaramay, uçraşuvga kelmadi. Eʼtiborli jihati, hokimlik xodimlari jurnalistlarga bir neça bor «hokim hozir keladi», deya maʼlumot bergan. Ammo ikki soat davomida kutilgan uçraşuv amalga oşmadi.
Şundan söng tahririyat xodimlari "Ayronçi" MFYga borib, aholi eʼtirozlariga sabab bölayotgan holatni öz közlari bilan kördi.
Mahalla aholisining taʼkidlaşiça, yöl taʼmiri bir yildan buyon töliq yakunlanmagan. Quruvçilar kelib, köçaning kiçik qismiga asfalt yotqizib ketişi, qolgan qismlar esa taʼmirsiz qolişi aytilmoqda. Şuningdek, aholi yotqizilgan asfalt sifati ham talabga javob bermayotganini bildirmoqda.
Muammo faqat çala qolgan yölda emas. Aholi qiş mavsumi yaqinlaşayotganidan va yoğingarçilikdan xavotirda. Ularning sözlariga köra, köçadagi kuçli çang bolalarning maktabga borib-kelişini qiyinlaştirmoqda. Ayrim bolalarda allergiya bilan boğliq muammolar kuzatilayotgani ham aytildi.
Yoğingarçilik boşlangaç, hozirgi çangli yöl loyga aylanişi, bu esa, ayniqsa, maktab öquvçilari uçun yanada qiyinçilik tuğdirişi mumkin.
«Hokim bizga yordam bermasa, kimga murojaat qilamiz?» — deya aholi öz eʼtiroz va xavotirlarini bildirmoqda.
Murojaatçilarning aytişiça, ular bu muammo yuzasidan bir neça bor tegişli idoralarga murojaat qilgan, ammo hozirga qadar sezilarli özgariş bölmagan.
Effect.uz tahririyati mazkur holat yuzasidan Karmana tuman hokimligidan rasmiy izoh kutib qoladi. Şuningdek, yöl taʼmirining nega öz vaqtida yakunlanmagani, asfalt sifati va aholi murojaatlari böyiça qanday çoralar körilayotganiga oydinlik kiritilişini söraydi.
Karmanada çala qolgan yöl: Hokim aholi murojaatlariga befarqmi?
Akmal Eshonxonov41 ko'rishlar
Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Jamiyat
Dam oliş kunlari havo harorati 30 darajaga yetişi kutilmoqda
58 daq oldin12

Jamiyat
Özbekistonda nimalar qimmatladi va arzonlaşdi?
1 soat oldin53

Jamiyat
Havo sifatini yaxşilaşga qaratilgan reyd va monitoring tadbirlari davom etmoqda
2 soat oldin34

Jamiyat
Aholiga gaz va kömir yetkazib beriş ustidan nazorat kuçaytiriladi
3 soat oldin62