Jamiyat

Aholiga gaz va kömir yetkazib beriş ustidan nazorat kuçaytiriladi

Akmal Eshonxonov62 ko'rishlar
Aholiga gaz va kömir yetkazib beriş ustidan nazorat kuçaytiriladi

Kuz-qiş mavsumida gaz va kömir taʼminotidagi qonunbuzilişlarga yöl qöyilmasligi uçun masʼullarga topşiriqlar berildi.

Aholiga ajratilgan gaz va kömirni öz vaqtida hamda töliq yetkazib beriş, taşiş va taqsimlaş jarayonlarida talon-torojlik holatlarining oldini oliş ustidan nazorat kuçaytiriladi.

Içki işlar vaziri Aziz Taşpulatov iştirokida ötkazilgan yiğilişda bu borada masʼullarga tegişli topşiriqlar berildi. Unda «Hududgaztaʼminot» AJ va «LPG-Trade» MÇJ vakillari ham qatnaşdi.

Yiğilişda gaz ballonlarini belgilangan grafik asosida yetkazib beriş, aholidan asossiz tölov talab qiliş va gazni meʼyordan kam beriş holatlarining oldini oliş zarurligi taʼkidlandi.

Şuningdek, omborlar va gaz töldiriş şoxobçalarini qöriqlaşni kuçaytiriş, taʼminotdagi uzilişlar böyiça aholi murojaatlarini hal etiş vazifalari belgilandi.

Maʼlum qilinişiça, sönggi bir oy davomida 333 tonnadan ortiq kömir, qariyb 93 tonna suyultirilgan gaz va 9 139 ta gaz balloni noqonuniy muomaladan olingan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Aholiga gaz va kömir yetkazib beriş ustidan nazorat kuçaytiriladi | Effect.uz