Yöllar bir neça bor taʼmirlangan, ammo muammo hamon bartaraf etilmagan. Qoraqalpoğiston Respublikasi Törtköl tumanidagi yöllarning ayançli holati aholi noroziligiga sabab bölmoqda.
Effect.uz tahririyatiga Törtköl tumanidagi yöllar holatidan norozi fuqarolardan murojaati kelib tuşdi.
Murojaatçilarning taʼkidlaşiça, hududdagi yöllar uzoq vaqtdan beri taʼmirtalab ahvolda. Asfalt qoplamasi yemirilib, ayrim joylarda çuqur va yoriqlar paydo bölgan. Ötkazilgan taʼmirlaş işlari esa muammoni töliq bartaraf etmagan.
Aholi vakillarining aytişiça, yölning ayrim qismlari bir neça bor yamalgan. Biroq asfalt qoplamasi yana yemirilib ketmoqda. Hatto ayrim joylarda yöllarni mahalliy aholi öz imkoniyati bilan taʼmirlaşga majbur bölgan.
Murojaatçilar yöllarning bugungi holati transport vositalari harakatiga ham salbiy taʼsir körsatayotganini bildirmoqda. Ularning sözlariga köra, avtomobillar şinalari şikastlangan, ayrim holatlarda avariya xavfi yuzaga kelgan.
«Yöllarimiz bir neça marta yamaldi, ammo asfalt yana köçib ketmoqda. Hozirgi holatda ozgina taʼmirlaş bilan muammoni hal qilib bölmaydi. Yölni butunlay qaytadan asfaltlaş kerak. Masʼullardan uşbu muammoga eʼtibor qaratib, yöllarimizni taʼmirlab berişlarini söraymiz», — deydi murojaatçilar.
Aholi yöllarni taʼmirlaş işlari sifati va masʼul taşkilotlar faoliyatiga ham eʼtibor qaratiş lozimligini taʼkidlamoqda.
Xöş, Törtköl tumanidagi yöllarning taʼmirtalab holatiga masʼullar eʼtibor qaratadimi? Aholi kötargan muammo qaçon öz yeçimini topadi?
Effect.uz tahririyati uşbu murojaat yuzasidan Törtköl tumani hokimligidan rasmiy munosabat kutib qoladi.




