Özbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni baholaş va qoplaş tartibi belgilandi. Halok bölgan fuqarolarning oila aʼzolariga 500 BHMgaça, jarohat olganlarga esa tan jarohati oğirligiga qarab 100–200 BHMgaça bir martalik moddiy yordam tölanadi.
Hukumatning 2026-yil 3-noyabrdagi 606-son qarori bilan tegişli nizom tasdiqlandi.
Nizom transport avariyalari va halokatlari, kimyoviy xavfli hamda yonğin-portlaş xavfi mavjud obyektlardagi favqulodda vaziyatlar, energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar, şuningdek, bino konstruksiyalarining tösatdan buzilişi kabi holatlarni qamrab oladi.
Jabrlanganlar favqulodda vaziyat sodir bölgan kundan boşlab 30 kun içida belgilangan şakldagi arizani töldirib, tegişli komissiyaga taqdim etişi lozim.
Sud tomonidan aybdorlar aniqlanguniga qadar yetkazilgan zarar tuman yoki şahar hokimligi huzuridagi maxsus jamğarma mablağlari hisobidan qoplanadi. Aybdor yuridik şaxslar yoki mansabdor şaxslar zararni belgilangan muddatda töliq qoplay olmagan hollarda ham tölov uşbu jamğarma orqali amalga oşiriladi.
Bir martalik moddiy yordam komissiya dalolatnomasi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimlarining qarorlari asosida tölanadi.
Moddiy yordam miqdorlari quyidagiça belgilangan:
Halok bölgan fuqarolarning oila aʼzolariga — 500 BHMgaça. Mablağ turmuş örtoği, farzandlari, ota-onalari va qaramoğidagi şaxslar örtasida teng taqsimlanadi.
Oğir tan jarohati olganlarga — 200 BHMgaça.
Örtaça oğirlikdagi tan jarohati olganlarga — 150 BHMgaça.
Yengil tan jarohati olganlarga — 100 BHMgaça.
Moddiy yordam aybdor deb topilgan yuridik şaxslar yoki ularning mansabdor şaxslari hisobidan tölanişi nazarda tutilgan.
Maqolani qisqa xabarga aylantiringAriza beriş tartibini aniqroq yozing




