O'zbekiston

Samarqand va Buxoro örtasida pulli avtomobil yöli quriladi

Akmal Eshonxonov15 ko'rishlar
Samarqand va Buxoro örtasida pulli avtomobil yöli quriladi

Yangi yöl ikki şahar örtasidagi safar vaqtini 5 soatdan 1,5 soatgaça qisqartirişi kutilmoqda.

Samarqand va Buxoro şaharlari örtasida sement-beton qoplamali zamonaviy pulli avtomobil yöli hamda tezyurar poyezdlar uçun yangi temiryöl liniyasi quriladi. Bu haqda 4-noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatida ötkazilgan yiğilişda maʼlum qilindi.

Loyiha amalga oşirilişi natijasida ikki şahar örtasidagi avtomobil yöli orqali safar vaqti hozirgi 5 soatdan 1,5 soatgaça qisqarişi kutilmoqda. Şuningdek, tezyurar poyezdlar harakati uçun alohida temiryöl tarmoği barpo etilişi rejalaştirilgan.

Buxoro viloyati transport infratuzilmasini yaxşilaş doirasida joriy yilda A-380 avtomobil yölini rekonstruksiya qiliş işlari yakunlanadi. Kelasi yildan esa M-37 avtomobil yölining viloyat hududidan ötuvçi 69 kilometrlik qismini yangilaş boşlanadi.

Qiymati 200 million dollar bölgan loyiha doirasida Buxoro şahri atrofida 4,5 kilometrlik yangi aylanma yöl ham quriladi.

Davlat rahbari mutasaddilarga avtomobil va temiryöl loyihalarining master-rejalarini töliq yakunlaş hamda xalqaro hamkorlar bilan muzokaralarni boşlaş böyiça topşiriqlar berdi.

Maʼlumot uçun, 2024-yil 30-avgustda qabul qilingan Prezident qaroriga muvofiq, 2027–2030-yillarda Samarqand va Buxoro şaharlari örtasida pulli avtomobil yöli qurilişi belgilangan. Dastlabki qiymati 1 milliard dollarga baholangan loyiha Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari hududidan ötişi rejalaştirilgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Samarqand va Buxoro örtasida pulli avtomobil yöli quriladi | Effect.uz