Korrupsiya yoki ogʻir jinoyatlar haqidagi murojaatlarga eʼtibor berilmasa, ammo bu haqda xabar bergan jurnalist yoki bloger tuhmatda ayblansa — bu adolatmi?
Kimnidir yirik korrupsiya yoki boshqa jinoyatlarga aloqadorligi haqidagi murojaatlarga lozim darajada eʼtibor qaratilmasa, bu jamiyatda jiddiy savollarni tugʻdiradi.
Ayniqsa, bunday holat haqida ommaviy axborot vositalari xabar berganidan keyin, qonunbuzar shaxs taʼsir doirasi keng boʻlgani sababli javobgarlikka tortilmasa, aksincha xabar bergan shaxs tuhmat yoki yolgʻon maʼlumot tarqatishda ayblansa, bu holat adolat prinsiplariga zid koʻrinishi mumkin.
Korrupsiya yoki jinoyatlar haqidagi murojaatlar avvalo xolis va shaffof tekshiruvdan oʻtkazilishi, faqat shundan keyingina huquqiy xulosa berilishi lozim. Jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash uchun har qanday daʼvo yoki ayblovlar ochiq va adolatli tarzda koʻrib chiqilishi muhim ahamiyatga ega.
Maʼlumot oʻrnida, Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi Uchtepa City qurilish obyektidan jabrlangan fuqarolar murojaatini yoritgan Effect.uz rahbari Akmal Eshonxonov Toshkent shahar IIBB tergovchisi tomonidan idoraga chaqirilgan. Tergovchi mazkur chaqiruv sababini ish boʻyicha raport rasmiylashtirilgani bilan izohladi.
Mazkur masala Uchtepa City qurilish obyektidan jabrlangan fuqarolar murojaati bilan bogʻliq holatlarni yoritish ortidan kelib chiqqan.
Uchtepa City ishi: Effect.uz rahbari Akmal Eshonxonov tergov idorasiga chaqirildi
AdministratorMarch 13, 2026 at 08:55 PM79 views
Share:
Related News

Society
Sudnoma yoki istalmagan eksperiment
July 22, 2026 at 11:29 PM0

Society
Gonkong va Toshkent o‘rtasida yangi ko‘prik: Islom sivilizatsiyasi markazi XXRda taqdim etildi
July 22, 2026 at 10:17 PM0

Society
«Kamchilikni tan olishga ham, uni bartaraf etishga ham tayyorman»: Toshkent tumani hokimi bilan bir kunlik reyd
July 19, 2026 at 12:30 PM0

Society
“Telegram'dagi xabarni boshqaga ulashishdan oldin o‘ylang: javobgarlik muqarrar!” – Andijon viloyati hokimi oilasi atrofidagi shov-shuvlar yuzasidan videomurojaat
July 8, 2026 at 04:34 PM0