⚠️ ATTENTION: The site is running in test mode!⚠️ ATTENTION: The site is running in test mode!
World

Turkiya: ekologik va barqaror turizm tajribasi

Administrator2 h ago5 views
Turkiya: ekologik va barqaror turizm tajribasi

Bugungi kunda sayyohlar faqat yangi manzillarni ko‘rish bilan cheklanib qolmay, balki mazmunli taassurotlar va mas’uliyatli sayohat tamoyillariga ham ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Booking.comning 2026-yilgi “Sayohat va barqarorlik” hisobotiga ko‘ra, so‘rovnomada qatnashgan sayyohlarning 85 foizi barqaror turizm ular uchun muhim yoki juda muhim ekanini ta’kidlagan.

Turkiya har qanday sayyoh uchun betakror tajribalarga boy yetakchi yo‘nalishlardan biri sifatida ajralib turadi. Musaffo sohillar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, boy madaniy meros hamda mahalliy hamjamiyatlarga tayangan turizm tashabbuslari sayyohlarga turistik maskanlarni yanada chuqurroq o‘rganish imkonini beradi.

Mas’uliyatli sayohatga bo‘lgan talab ortib borayotgan bir pallada Turkiya ham ushbu yo‘nalishda izchil va puxta shakllangan siyosatni amalga oshirmoqda. “Turkiyaning ekologik va madaniy barqarorlik dasturi” doirasida Global barqaror turizm kengashi (GSTC) tomonidan sertifikatlangan mehmonxonalar xalqaro barqarorlik standartlari asosida faoliyat yuritadi. Manzarali temir yo‘l yo‘nalishlari va yelkanli sayohatlar kabi ekologik ta’siri kam bo‘lgan transport turlari esa atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Turkiyaning bu boradagi sa’y-harakatlari xalqaro miqyosda ham e’tirof etilmoqda. Mamlakat Wanderlust jurnalining “The Travel Green List™ 2026” ro‘yxatidan ikki yo‘nalish bo‘yicha o‘rin oldi. Xususan, dunyoda ilk bor mamlakat miqyosida joriy etilgan “Turkiyaning ekologik va madaniy barqarorlik dasturi” hamda yashil turizm maskani sifatida tan olingan Birgi ushbu nufuzli ro‘yxatdan joy oldi.

Turkiyani ikki g‘ildirak ustida kashf eting

Turli darajadagi velosipedchilar uchun mo‘ljallangan manzarali yo‘nalishlar Turkiyaning yashirin qo‘ltiqlari, yam-yashil o‘rmonlari, ulug‘vor tog‘lari, qadimiy yodgorliklari va asl qishloq hayotini o‘zgacha tarzda kashf etish imkonini beradi.

Ikki qit’ani tutashtirgan Istanbul, mashhur EuroVelo 8 yo‘nalishining bir qismi bo‘lgan Izmir, Antaliyaning feruza rangli ko‘rfazlari va Kapadokiyaning ertaknamo vodiylari velosiped sayohati ishqibozlari uchun eng jozibali manzillar sirasiga kiradi.  

Mamlakatdagi velosipedchilarga ixtisoslashgan mehmonxonalar tarmog‘ida velosipedlarni ta’mirlash xizmatlari, sayohatchilar ehtiyojiga mos menyular va boshqa zarur sharoitlar yo‘lga qo‘yilgan.

Turkiya so‘qmoqlarida ekoturizm

Turk Rivierasi bo‘ylab 500 kilometrdan ortiq masofaga cho‘zilgan mashhur Likiya yo‘li betakror sohil manzaralari va qadimiy Likiyaning boy tarixiy yodgorliklarini uyg‘unlashtirgan eng mashhur piyoda yo‘llaridan biri sanaladi.

Izmirdagi Efeler yo‘li esa Green Destinations tashkilotining “Top 100 Stories” ro‘yxatidan o‘rin olgan bo‘lib, u an’anaviy qishloqlar va baland yaylovlar orqali o‘tadi.

Bursadagi Uludag‘ milliy bog‘i esa tabiat ixlosmandlari uchun ideal maskanlardan biridir. 17–19-iyul kunlari bu yerda nufuzli Uludag‘ Premium Ultra trail musobaqasining to‘qqizinchi mavsumi bo‘lib o‘tadi.

Yovvoyi tabiat kuzatuvlari va botanik sayohatlar

Biologik xilma-xillik borasida dunyoning eng boy mamlakatlari qatoridan o‘rin olgan Turkiya rang-barang ekotizimi va noyob tabiiy mo‘jizalari bilan alohida ahamiyatga ega. Bu yerda yovvoyi hayotni uning asl muhitida kuzatish, tabiatning sokin ritmini his etish va maftunkor manzaralardan bahramand bo‘lish mumkin.

Kapadokiyaning keng vodiylarida erkin kezib yurgan yovvoyi otlar, Van, Hakkari va Artvinning kapalaklarga burkangan manzaralari Turkiyaning tabiiy boyliklarini yanada yaqqol namoyon etadi. Iztuzu va Patara kabi qo‘riqlanadigan sohillarda esa caretta caretta dengiz toshbaqalarining uya qurishi va yangi hayot boshlashiga guvoh bo‘lish mumkin.

Tarix va madaniyat tajribasi

Turkiya bo‘ylab cho‘zilgan madaniy yo‘nalishlar, UNESCO merosi obidalari va tarixiy termal shaharlar Onado‘lining ming yillik tarixidan hikoya qiladi.

Cittaslow shaharlar hamda BMT Turizm tashkiloti e’tirof etgan “Eng yaxshi turizm qishloqlari” esa sayohatchini shunchaki kuzatuvchi emas, balki mahalliy hayotning bir bo‘lagiga aylantiradi. Ormananing “tugmali uylar”i va Safranboluning tarixiy ko‘chalari orasida yurganingizda vaqt go‘yo sekinlashgandek tuyuladi.

Turkiyada taom sayohatning ajralmas qismi bo‘lib, u mahalliy jamoalar, mintaqaviy an’analar va mamlakatning boy biologik xilma-xilligini birlashtiruvchi muhim ko‘prik vazifasini bajaradi. Mahalliy pishloqlar, zaytun moyi taomlari, gazak va kaboblardan tortib, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan retseptlar asosida tayyorlanadigan milliy taomlar Turkiya oshxonasining asl ruhini namoyon etadi.Bugungi kunda sayyohlar faqat yangi manzillarni ko‘rish bilan cheklanib qolmay, balki mazmunli taassurotlar va mas’uliyatli sayohat tamoyillariga ham ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Booking.comning 2026-yilgi “Sayohat va barqarorlik” hisobotiga ko‘ra, so‘rovnomada qatnashgan sayyohlarning 85 foizi barqaror turizm ular uchun muhim yoki juda muhim ekanini ta’kidlagan.

Turkiya har qanday sayyoh uchun betakror tajribalarga boy yetakchi yo‘nalishlardan biri sifatida ajralib turadi. Musaffo sohillar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, boy madaniy meros hamda mahalliy hamjamiyatlarga tayangan turizm tashabbuslari sayyohlarga turistik maskanlarni yanada chuqurroq o‘rganish imkonini beradi.

Mas’uliyatli sayohatga bo‘lgan talab ortib borayotgan bir pallada Turkiya ham ushbu yo‘nalishda izchil va puxta shakllangan siyosatni amalga oshirmoqda. “Turkiyaning ekologik va madaniy barqarorlik dasturi” doirasida Global barqaror turizm kengashi (GSTC) tomonidan sertifikatlangan mehmonxonalar xalqaro barqarorlik standartlari asosida faoliyat yuritadi. Manzarali temir yo‘l yo‘nalishlari va yelkanli sayohatlar kabi ekologik ta’siri kam bo‘lgan transport turlari esa atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Turkiyaning bu boradagi sa’y-harakatlari xalqaro miqyosda ham e’tirof etilmoqda. Mamlakat Wanderlust jurnalining “The Travel Green List™ 2026” ro‘yxatidan ikki yo‘nalish bo‘yicha o‘rin oldi. Xususan, dunyoda ilk bor mamlakat miqyosida joriy etilgan “Turkiyaning ekologik va madaniy barqarorlik dasturi” hamda yashil turizm maskani sifatida tan olingan Birgi ushbu nufuzli ro‘yxatdan joy oldi.

Turkiyani ikki g‘ildirak ustida kashf eting

Turli darajadagi velosipedchilar uchun mo‘ljallangan manzarali yo‘nalishlar Turkiyaning yashirin qo‘ltiqlari, yam-yashil o‘rmonlari, ulug‘vor tog‘lari, qadimiy yodgorliklari va asl qishloq hayotini o‘zgacha tarzda kashf etish imkonini beradi.

Ikki qit’ani tutashtirgan Istanbul, mashhur EuroVelo 8 yo‘nalishining bir qismi bo‘lgan Izmir, Antaliyaning feruza rangli ko‘rfazlari va Kapadokiyaning ertaknamo vodiylari velosiped sayohati ishqibozlari uchun eng jozibali manzillar sirasiga kiradi.  

Mamlakatdagi velosipedchilarga ixtisoslashgan mehmonxonalar tarmog‘ida velosipedlarni ta’mirlash xizmatlari, sayohatchilar ehtiyojiga mos menyular va boshqa zarur sharoitlar yo‘lga qo‘yilgan.

Turkiya so‘qmoqlarida ekoturizm

Turk Rivierasi bo‘ylab 500 kilometrdan ortiq masofaga cho‘zilgan mashhur Likiya yo‘li betakror sohil manzaralari va qadimiy Likiyaning boy tarixiy yodgorliklarini uyg‘unlashtirgan eng mashhur piyoda yo‘llaridan biri sanaladi.

Izmirdagi Efeler yo‘li esa Green Destinations tashkilotining “Top 100 Stories” ro‘yxatidan o‘rin olgan bo‘lib, u an’anaviy qishloqlar va baland yaylovlar orqali o‘tadi.

Bursadagi Uludag‘ milliy bog‘i esa tabiat ixlosmandlari uchun ideal maskanlardan biridir. 17–19-iyul kunlari bu yerda nufuzli Uludag‘ Premium Ultra trail musobaqasining to‘qqizinchi mavsumi bo‘lib o‘tadi.

Yovvoyi tabiat kuzatuvlari va botanik sayohatlar

Biologik xilma-xillik borasida dunyoning eng boy mamlakatlari qatoridan o‘rin olgan Turkiya rang-barang ekotizimi va noyob tabiiy mo‘jizalari bilan alohida ahamiyatga ega. Bu yerda yovvoyi hayotni uning asl muhitida kuzatish, tabiatning sokin ritmini his etish va maftunkor manzaralardan bahramand bo‘lish mumkin.

Kapadokiyaning keng vodiylarida erkin kezib yurgan yovvoyi otlar, Van, Hakkari va Artvinning kapalaklarga burkangan manzaralari Turkiyaning tabiiy boyliklarini yanada yaqqol namoyon etadi. Iztuzu va Patara kabi qo‘riqlanadigan sohillarda esa caretta caretta dengiz toshbaqalarining uya qurishi va yangi hayot boshlashiga guvoh bo‘lish mumkin.

Tarix va madaniyat tajribasi

Turkiya bo‘ylab cho‘zilgan madaniy yo‘nalishlar, UNESCO merosi obidalari va tarixiy termal shaharlar Onado‘lining ming yillik tarixidan hikoya qiladi.

Cittaslow shaharlar hamda BMT Turizm tashkiloti e’tirof etgan “Eng yaxshi turizm qishloqlari” esa sayohatchini shunchaki kuzatuvchi emas, balki mahalliy hayotning bir bo‘lagiga aylantiradi. Ormananing “tugmali uylar”i va Safranboluning tarixiy ko‘chalari orasida yurganingizda vaqt go‘yo sekinlashgandek tuyuladi.

Turkiyada taom sayohatning ajralmas qismi bo‘lib, u mahalliy jamoalar, mintaqaviy an’analar va mamlakatning boy biologik xilma-xilligini birlashtiruvchi muhim ko‘prik vazifasini bajaradi. Mahalliy pishloqlar, zaytun moyi taomlari, gazak va kaboblardan tortib, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan retseptlar asosida tayyorlanadigan milliy taomlar Turkiya oshxonasining asl ruhini namoyon etadi.

Share:

Related News

Turkiya: ekologik va barqaror turizm tajribasi | Effect.uz