Sud qaroriga koʻra, oʻtgan yilning 23-sentyabr kuni Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari Xayrulla Asadovga tegishli kitob doʻkonida tekshiruv oʻtkazgan.
Oʻtkazilgan tekshiruv natijasiga koʻra, Asadov xaridorga 20 ming soʻmga xarid cheki bermagani va kunlik savdodan tushgan 20 ming soʻm pulni onlayn nazorat kassa mashinasi xotirasiga kiritmagani, shu bilan birgalikda hujjatlarsiz faoliyat yuritayotgani aniqlangan.
Sud jaraniyoda Xayrulla Asadov qilmishidan pushaymon ekanligini, bu kabi harakatlarni boshqa sodir etmasligini aytib, suddan yengillik soʻragan.
JIB Mirzo Ulugʻbek tuman sudining 2026-yil 6-yanvardagi qarori bilan Asadov MJTKning 176-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarligini sodir qilgan deb topilib, unga BHMning 5 baravari (2 mln 60 ming soʻm) miqdorida jarima solingan.
Shuningdek, Xayrulla Asadovning narxi 1 mln 520 ming soʻm boʻlgan 3 turdagi 100 dona kitobi tegishli tartibda musodara qilingan.
Toshkent shahar sudlari mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi:
“Maʼnaviyat va savdo oʻrtasida farq bor. Kitob – maʼnaviyat vositasi ekani toʻgʻri, biroq u sotuvda tovar hisoblanadi, sotuvchi esa savdo qoidalariga rioya etishi kerak”, — deyiladi munosabatda.
“Tirik kitob” jarimaga tortildi va kitoblari musodara qilindi
AdministratorMarch 4, 2026 at 01:39 PM198 views

Share:
Related News

Society
1-sentyabrdan davlat bogʻchalarida toʻlovlar oshadi
August 26, 2026 at 02:54 PM0

Society
“Real Sanjik” tuhmatga qolganmi? 5 oylik sudda AQSHdan yangi dalillar keltirildi
August 22, 2026 at 02:59 AM0

Society
Navoiy logistika va sanoat xabiga aylanmoqda: Dehliga aviaqatnov va Eron bilan yirik sanoat kelishuvlari
August 18, 2026 at 09:15 PM0

Society
“Credit House”: firibgarlik qurboni boʻlgan fuqarolar Prezidentdan yordam soʻramoqda
August 14, 2026 at 08:06 AM0