⚠️ ATTENTION: The site is running in test mode!⚠️ ATTENTION: The site is running in test mode!
Politics

Prezident bir qator mehnat faxriylarini faxriy unvon bilan taqdirladi

Administrator2 h ago73 views
Prezident bir qator mehnat faxriylarini faxriy unvon bilan taqdirladi

Turli sohalarda koʻp yillik samarali mehnati bilan mamlakat taraqqiyotiga hissa qoʻshgan fidoyi insonlar davlat tomonidan munosib taqdirlandi.

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning choʻl hududlarini oʻzlashtirib, dehqonchilikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi haqiqiy qahramonlik sifatida eʼtirof etildi.

Bekobod metallurgiya kombinatida koʻp yillardan buyon poʻlat erituvchi boʻlib ishlab kelayotgan Gʻulomjon Turonovga «Xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi» faxriy unvoni berildi. Bu mukofot metallurglar mehnatiga berilgan yuksak baho sifatida qayd etildi.

Shuningdek, paxtachilik va gʻallachilikda yuqori natijalarga erishib, oʻz maktabini yaratgan namanganlik Ilhom Ziyovuddinov, ipak qurtini uch mavsum davomida parvarishlab, yuqori hosil olayotgan buxorolik pillakor Jamila Xudoyberdiyeva, chorvachilikda ilgʻor texnologiyalarni joriy etayotgan qoraqalpogʻistonlik Esenbay Aytimuratov hamda suv yoʻqotishlarini kamaytirishga hissa qoʻshayotgan samarqandlik irrigator Aslanqul Karimqulovning xizmatlari ham munosib baholandi.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini bezagan usta-naqqosh Sattorxoʻja Toʻxtaxoʻjayevga esa “Xizmat koʻrsatgan quruvchi” faxriy unvoni berildi.

Mamlakat yetakchisi mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

– Ko‘ksingizga yarashib turgan yuksak unvon, orden va medallarga odamlar havas bilan qaraydi, yoshlarimiz sizlarga o‘xshashga intiladi. Bu sizlarga kelgusi ishlaringizda yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi deb ishonaman, – dedi davlatimiz rahbari marosim yakunida.

Share:

Related News

Prezident bir qator mehnat faxriylarini faxriy unvon bilan taqdirladi | Effect.uz