Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida shamol deyarli kuzatilmayapti. Xususan, kechasi (+3…+5°C) va kunduzi (+11…+15°C) oʻrtasidagi keskin harorat farqi ertalabki tuman va harorat inversiyasi shakllanishiga sabab boʻldi. Ayni damda shahar nisbatan salqin havo massasi taʼsiri ostida boʻlib turibdi, yogʻingarchilik kutilmayapti.
Ushbu meteorologik omillar taʼsirida atmosferaning yerga yaqin qatlamlarida havo almashinuvi sekinlashdi, bu esa ifloslantiruvchi moddalar tarqalishini cheklamoqda.
Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida atmosfera havosida mayda dispers zarrachalar (PM2.5 va PM10) konsentratsiyasining oshishi kuzatilmoqda.
Sinoptiklar prognozlariga koʻra, 2-martdan boshlab kutilayotgan yogʻingarchiliklar havo sifati koʻrsatkichlarining yaxshilanishiga olib keladi.
Oʻzbekistonga sovuq havo oqimi kirib kelishni boshladi — “Oʻzgidromet”
AdministratorMarch 4, 2026 at 03:34 AM93 views

Share:
Related News

Society
1-sentyabrdan davlat bogʻchalarida toʻlovlar oshadi
August 26, 2026 at 02:54 PM0

Society
“Real Sanjik” tuhmatga qolganmi? 5 oylik sudda AQSHdan yangi dalillar keltirildi
August 22, 2026 at 02:59 AM0

Society
Navoiy logistika va sanoat xabiga aylanmoqda: Dehliga aviaqatnov va Eron bilan yirik sanoat kelishuvlari
August 18, 2026 at 09:15 PM0

Society
“Credit House”: firibgarlik qurboni boʻlgan fuqarolar Prezidentdan yordam soʻramoqda
August 14, 2026 at 08:06 AM0