⚠️ ATTENTION: The site is running in test mode!⚠️ ATTENTION: The site is running in test mode!
Uzbekistan

Oʻzbekistonda jinsiy jinoyatlarga qarshi jazolar kuchaytirilmoqda

Administrator4 h ago12 views
Oʻzbekistonda jinsiy jinoyatlarga qarshi jazolar kuchaytirilmoqda

shahvoniy shilqimlik uchun belgilangan 5 sutkagacha maʼmuriy qamoq jazosini qatʼiylashtirish;

pedofiliya holatlari uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishgacha boʻlgan jazoni joriy etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118 va 119-moddalari boʻyicha voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan mahkumlarni manzil-koloniyalarga oʻtkazmaslik;

ayrim jinsiy jinoyatlar boʻyicha tergov vakolatini ichki ishlar organlaridan prokuraturaga oʻtkazish;

shahvoniy shilqimlikka oid maʼmuriy ishlarda jinoyat alomatlari mavjud emasligi boʻyicha prokuror qarori olishni majburiy tartibga aylantirish;

ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlik ishlarini maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan tergovchi, advokat va sudyalar koʻrib chiqishi;

zoʻravonlikdan jabrlangan ayollarni himoya qilish maqsadida telefon qurilmalariga “SOS” ilovasini oʻrnatish, chaqiruv tugmasi bosilganda yaqin hududdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari qisqa vaqt ichida yetib kelishini taʼminlash.

Mazkur takliflar jamoatchilik xavfsizligini kuchaytirish, ayniqsa ayollar va bolalarni himoya qilish mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan.

Share:

Related News