⚠️ ATTENTION: The site is running in test mode!⚠️ ATTENTION: The site is running in test mode!
Uzbekistan

Islom sivilizatsiyasi markazi TURKSOY tomonidan eng yaxshi muzey deb eʼtirof etildi

Administrator4 h ago4 views
Islom sivilizatsiyasi markazi TURKSOY tomonidan eng yaxshi muzey deb eʼtirof etildi

Markazda Amir Temur tavalludining 690-yilligiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy konferensiyada 20 dan ortiq mamlakatdan 300 nafarddan ziyod olimlar, ekspertlar va diplomatlar ishtirok etdi.

Toshkent shahrida joylashgan Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan “Amir Temur va Temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi. Mazkur anjuman Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil qilingan boʻlib, u qisqa vaqt ichida nufuzli xalqaro ilmiy muloqot maydoniga aylandi.

Konferensiyada 20 dan ortiq mamlakatdan 300 nafarddan ziyod olimlar, ekspertlar, diplomatlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ular orasida ICESCO, Oxford Centre for Islamic Studies, IRCICA hamda “Al-Furqon” jamgʻarmaning xalqaro tashkilotlar va ilmiy markazlari vakillari ham bor edi. Anjuman Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi va Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil qilingan, WOSCU hamkor sifatida ishtirok etmoqda.

Konferensiya doirasida Amir Temur shaxsi va Temuriylar davri merosining jahon sivilizatsiyasidagi oʻrni atroflicha muhokama qilindi. Xususan, davlat boshqaruvi va diplomatiya, harbiy strategiya, meʼmorchilik va shaharsozlik, ilm-fan va taʼlim rivoji kabi yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy maʼruzalar taqdim etildi. Mutaxassislar ushbu davrni Sharq Uygʻonishining muhim bosqichi sifatida baholab, uning global siyosat, iqtisodiyot va madaniyat taraqqiyotiga koʻrsatgan taʼsiriga alohida eʼtibor qaratdi.

Eʼtiborli jihatlardan yana biri — TURKSOY tomonidan Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi “eng yaxshi muzey” deb eʼtirof etilganidir. Bu markazning nafaqat Oʻzbekistonda, balki xalqaro miqyosda ham yuqori nufuzga ega ekanini tasdiqlaydi.

Hozirda TURKSOY tomonidan mazkur markazning “eng yaxshi muzey” deb eʼtirof etilishi uning xalqaro miqyosdagi nufuzi va ahamiyatini yanada oshirib, Oʻzbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini jahon hamjamiyatiga keng namoyon etishda muhim omil sifatida xizmat qilmoqda.

Share:

Related News

Islom sivilizatsiyasi markazi TURKSOY tomonidan eng yaxshi muzey deb eʼtirof etildi | Effect.uz