⚠️ ATTENTION: The site is running in test mode!⚠️ ATTENTION: The site is running in test mode!
Society

1-sentyabrdan davlat bogʻchalarida toʻlovlar oshadi

Administrator2 h ago19 views
1-sentyabrdan davlat bogʻchalarida toʻlovlar oshadi

2026-yil 1-sentyabrdan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdori oshadi.

Vazirlar Mahkamasining 246-son qaroriga koʻra, toʻlov miqdori Bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ga nisbatan belgilangan koeffitsiyentlar asosida hisoblanadi.

Toʻlov miqdori uchta asosiy omilga bogʻliq:

  • bogʻcha joylashgan hudud;

  • bolaning bogʻchada boʻlish vaqti;

  • oiladan bogʻchaga qatnaydigan bolalar soni.

Masalan, Toshkent shahrida bir bola uchun oylik toʻlov:

  • 4–5 soat — 54 472 soʻm;

  • 9 soat — 290 488 soʻm;

  • 10,5 soat — 346 016 soʻm;

  • 12 soat — 391 952 soʻm;

  • 24 soat — 413 292 soʻmni tashkil etadi.

Agar bir oiladan bogʻchaga bittadan ortiq bola qatnasa, keyingi har bir bola uchun toʻlov miqdori kamaytirilgan koeffitsiyent asosida hisoblanadi.

Boshqa hududlarda toʻlovlar Toshkent shahriga nisbatan pastroq belgilangan.

Share:

Related News

1-sentyabrdan davlat bogʻchalarida toʻlovlar oshadi | Effect.uz