So`ngi yangiliklar
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Konstitutsiya — farovon hayotimiz va taraqqiyotimiz kafolati
O‘zbekistonda “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi ishga tushiriladi
2026 yildan boshlab davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi amalga kiritiladi.
Prezidentning F–68-sonli farmoyishiga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi ishga tushiriladi. Dastur davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Dasturning asosiy vazifalari:
Davlat xizmatlaridan tez va qulay foydalanish orqali fuqarolar hayot sifatini yaxshilash;
Ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish va jarayonlarning shaffofligini oshirish orqali suiiste’molchilik xavfini kamaytirish.
Dasturning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish uchun Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi huzurida loyiha ofisi tashkil qilinadi.
Takliflar ishlab chiqish va dasturning samaradorligini baholash “Zero Bureaucracy” raqamli platformasi orqali amalga oshiriladi.