So`ngi yangiliklar
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Konstitutsiya — farovon hayotimiz va taraqqiyotimiz kafolati
Qora dengiz: yashil go‘zallik va shifobaxsh buloqlar maskani
Qora dengiz tabiati — inson ruhini tetiklashtiruvchi, ko‘zni quvontiradigan va jismga shifo bag‘ishlaydigan betakror manzaralar makonidir. Bu mintaqadagi platolar faqat go‘zallik emas, balki tarix, madaniyat va tabiiy boyliklarning uyg‘unligi bilan ham ajralib turadi. Ayderning issiq buloqlaridan tortib, Huser platosidagi quyosh botishigacha — har bir maskan tabiat bag‘rida tinchlik va ilhom izlaganlar uchun go‘yo yangi olam eshigini ochadi.
Tabiat — dengiz, qum va quyosh ta’tillaridan zerikkanlar, jazirama issiq hamda shahar shovqinidan qochib, ochiq havoda hordiq chiqarmoqchi bo‘lganlar uchun eng yaxshi “davo”. Qora dengiz platosi tabiat bilan uyg‘unlashish mumkin bo‘lgan ana shunday xushmanzara maskanlardan biridir.
Ayder platosi: shifobaxsh issiq buloqlar
Qora dengiz deganda aqlga keladigan ilk plato bu Ayder yassiteksligidir. Kachkar tog‘lariga yastangan Ayder platosi sarg‘ish qizil tusga kiruvchi grab, kashtan, archazor hamda qayin o‘rmonlarining orasida va dengiz sathidan 1350 metr balandlikda joylashgan. Bu yerda turar joy imkoniyatlari juda ko‘p. Xususan, Qora dengiz mehmonxonalari, bungalo yoki pansionatlarda qolish mumkin. Plato, shuningdek, termal buloqlari bilan mashhur. Usmoniylar davrida ko‘plab odamlar shifo izlab shu buloqlarga kelishgan.
Pokut platosi: tumanli maskan
Pokut Qora dengizning eng maftunkor platolaridan biridir. U tumanli landshaftlari va o‘ziga xos yog‘och uylari bilan boshqa platolardan ajralib turadi. Qarag‘ay o‘rmonlari bilan o‘ralgan plato o‘zining boy biologik xilma-xilligi va noyob me’morchiligi bilan barchani jalb qilmoqda.
Gito platosi: bulutlar bag‘riga sayohat
Rizeden 25 daqiqa va Chamlihemshindan 2 soat uzoqlikda, dengiz sathidan esa 2070 metr balandlikda joylashgan Gito yassitog‘ida inson o‘zini xuddi bulutlar ustida suzib yurgandek his qiladi. Oyoqlar ostiga oq gilamdek to‘shalgan va bulutlar orasidan sizib o‘tuvchi yashil va movi ranglarning uyg‘unligi ko‘zni quvontiradi. Bu yerda Qora dengizga xos yaylov uylari bor. Gito platosiga boradigan yo‘lda 750 metr balandlikdagi ulkan qoya ustiga qurilgan Zil minorasini ham ziyorat qilishni unutmang!
Anzer platosi: dunyoga mashhur anzer asalining markazi
Rizening Ikizdere tumanida, shahar markazidan taxminan ikki soatlik masofada joylashgan Anzer platosi yozda turfa xil yashil, qishda esa sariq va qizil ranglarga burkangan betakror tabiatga ega. Tabirat qo‘ynida sayr qilish, paraplanda uchish kabi ochiq havo mashg‘ulotlari ham bor. Nomidan ko‘rinib turibdiki, bu yerda yuzlab turdagi gullardan dunyoga mashhur anzer asali olinadi.
Kumbet platosi: ulug‘vor tabiat
Kumbet dengiz sathidan 1640 metr balandlikda joylashgan eng jozibali plato hisoblanadi. Mavsumdan qat’i nazar, plato to‘rt faslning noyob tajribasini taqdim etadi. Chikrikkapӣ platosida Xitoy va Hadrian devori kabi insoniyat qo‘li bilan qurilgan dunyodagi eng katta devorlardan biri — tarixiy Hoji Abdulloh devori bor. Devorning uzunligi 6,5 km, balandligi esa 1,5 metr bo‘lib, bundan 400 yil avval bunyod etilgan. So‘nggi paytlarda tez-tez tilga olinayotgan Mavi ko‘l ham bu yerda ko‘rish mumkin bo‘lgan tabiiy go‘zalliklardan biridir. U “Sodali ko‘l” nomi bilan ham tanilgan va uchta ko‘lning qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan. Ma’lumki, bu ko‘l Sharqiy Qora dengiz mintaqasida sodali suv daryoda oqadigan yagona joy hisoblanadi.
Kafkaso‘r platosi: buqalar jangi
Kafkaso‘r dengiz sathidan 1250 metr balandlikda joylashgan. Har yil iyul oyining birinchi haftasida bu yerda Kafkaso‘r madaniyat va san’at festivali bo‘lib o‘tadi. Festival Buqalarni asrash va yaylovlarni muhofaza qilish uyushmasi tomonidan tashkil etilib, unda buqalarning kurashini hamda “atabarӣ” deb ataluvchi folklor bayramlarini tomosha qilish mumkin. Bundan tashqari, Jiskaro, Yalnizhasan va Ajisu kabi shifobaxsh buloqlar ham mavjud.
Pershembe platosi: paraplanda uchish zavqi
Pershembe platosi noyob meandrlari (daryo sirtmoqlari) bilan e’tibor qozondi. Plato dengiz sathidan 1500 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, u safar yoki parashyutda uchish kabi faoliyatlar uchun mukammal imkoniyatlar taqdim etadi. Ordu Pershembe platosi iyul oyida turli festivallarga ham mezbonlik qiladi.
Huser platosi: quyosh botishi va tuman uyg‘unligi
Qora dengiz manzaralari har doim jozibali, ammo takrorlanmas quyosh botishi Huser platosiga xosdir. Ushbu pasttekslik Turkiyanning eng baland tog‘laridan biri bo‘lgan Kachkar etaklarida joylashgan. Osmono‘par arg‘imchoqlar va kislorodga boy toza atmosfera unutilmas xotiralar qoldirishiga shak-shubha yo‘q!
Sulton Murod platosi: boy tarix va tabiat
O‘zining tabiiy go‘zalligi bilan barchani hayratga soladigan Sulton Murod platosi tarixiy ahamiyatga ega. Usmonli sultoni Murod IV va uning qo‘shini 1635 yili Fors yurishidan qaytgach, shu yerda tunab qolishgan. Bu yerda 1916 yilgi Birinchi jahon urushida Rossiya bilan urushda halok bo‘lgan askarlar uchun shahidlar qabristoni ham bor.