Shan. Mar 28th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Bogʼdodda АQSh elchixonasiga hujum uyushtirildi

bogdod - Bogʼdodda АQSh elchixonasiga hujum uyushtirildi

Bugun, 26 mart kuni Bogʼdod shahri АQSh elchixonasi yonidagi “yashil hudud”ga ikkita raketa kelib quladi. Raketalar АQSh elchixonasiga yaqin joyda portlagan.  Аyni vaqtda hodisadan jabr koʼrgan insonlar haqida rasmiy xabar berilganicha yoʼq.

Iroq poytaxtidagi “Yashil hudud”da asosiy hukumat binolari va xorijiy diplomatik vakilliklar joylashgan.
2020 yilning boshidan beri АQShning Iroqdagi elchixonasiga bir necha bor raketa xujumlari uyushtirildi. Bu holatga joriy yilning 3 yanvar kuni АQSh tomonidan Eronning nufuzli generali Qosim Sulaymoniyning oʼldirilishi sabab boʼlgan.

8 yanvar kuni Eron АQShning Iroqdagi harbiy obʼektlariga raketa zarbalarini bergan edi. Operatsiya “Shahid Sulaymoniy” nomini olgan.

 10 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan