Yak. Mar 29th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Xorazmda kartoshkaning narxi osmonga koʼtarilgani rostmi?

Xorazmda kartoshkaning narxi osmonga koʼtarilgani rostmi?
photo 2020 03 26 12 40 46 1024x575 - Xorazmda kartoshkaning narxi osmonga koʼtarilgani rostmi?

Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida kartoshkaning bir kilogrammi 5000 soʼmdan sotilayotgani toʼgʼrisida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat tegishli mutasaddilar tomonidan Urganch Markaziy dehqon bozorida oʼrganildi. Maʼlum qilinishicha, bozorda kartoshkaning bir kilogammi 3200-3500 soʼmdan sotilmoqda.

Xorazmda kartoshkaning narxi osmonga koʼtarilgani rostmi?

«Karantin davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash va narxni barqaror ushlab turish masʼul tashkilotlar rahbarlari tomonidan doimiy nazoratda. Eslatib oʼtamiz, aholi oʼrtasida vahima tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.

Аholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming soʼmdan 89 mln 200 ming soʼmgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Xorazmda kartoshkaning narxi osmonga koʼtarilgani rostmi?

Hurmatli fuqarolar! Sizlardan ayni karantin davrida ortiqcha vahimaga berilmasdan, faqat rasmiy axborotlarga tayanishingizni soʼraymiz. Sanitariya-gigena talablariga qatʼiy amal qiling», deyiladi hokimlik xabarida.

Maʼlumot uchun, ayni vaqtda Oʼzbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 65 nafarni tashkil etmoqda.

 10 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan