Shan. Mar 28th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Oʼzbekistonda 10 ta yangi shifoxona tez kunda foydalanishga topshiriladi

photo 2020 03 26 13 25 15 1024x682 - Oʼzbekistonda 10 ta yangi shifoxona tez kunda foydalanishga topshiriladi

Oʼzbekistonda koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish va samarali davolash choralarini kuchaytirish maqsadida qisqa fursatlarda qator shifoxonalarni barpo etish ishlari jadal boshlab yuborildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, Toshkent shahrida uchta zamonaviy ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari bunyod etilmoqda. Birinchisi, bu 144 oʼringa moʼljallangan Chilonzor tumanida yangi qurilayotgan shahar 3-sonli bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi va 158 oʼrinli shahar 4-sonli bolalar kardiorevmatologiya klinik shifoxona binolari yaqin oylarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Yashnabod tumanida joylashgan Toshkent stomatologiya institutining yangi qurilayotgan binosini 250 oʼrinli zamonaviy davolash muassasasiga aylantirish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Mazkur bino joriy yilning may oyida foydalanishga topshiriladi.

Bundan tashqari, davlat rahbarining tashabbusi bilan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida karantin muassasasini bunyod etish uchun 55 gektar yer ajratilib, juda qisqa kunlarda qurib bitkazilish choralari koʼrilmoqda. Yana bir yirik muassasa Zangiota tumanida bunyod etilmoqda. Shu kunlarda ushbu tumandan ajratilgan 27 gektar yer maydonida oʼn ming oʼrinli shifoxona qurilishi davom etmoqda.Ushbu yangi tibbiyot mussasa ham yaqin fursatlarda foydalanishga topshirilishi moʼljallangan.

Shuningdek, ayni paytda Аndijon, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida ham koronavirus bilan kasallanganlar va ularning karantini uchun xuddi shunday muassasalar qurilmoqda.

 19 Umumiy ko'rildi,  3 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan