Sesh. Mar 31st, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Koronavirusni yuqtirgan ilk bemor kimligi aniqlandi

Vey ismli ayol Uxandagi Xunan bozorida tirik krevetka sotish bilan shugʼullangan.
ilk ayol - Koronavirusni yuqtirgan ilk bemor kimligi aniqlandi

Butun dunyo boʼylab yirik pandemiyaga sabab boʼlgan koronavirusni yuqtirib olgan ilk bemorning kim ekani aniqlandi. U Xitoyning Uxan shahridagi bozorida ishlagan krevetka sotuvchisi boʼlgan.

Maʼlumotlarga koʼra, Vey ismli ayol Uxandagi Xunan bozorida tirik krevetka sotish bilan shugʼullangan. 2019 yilning 11 dekabr kuni nomaʼlum sabablarga koʼra, uning tana harorati koʼtarilib ketgan, ayol klinikaga murojaat qilgan.

Sotuvchi ayol odatda oʼzini yomon his qilishi bilan shifoxonaga borgan va bir martalik ukoldan keyin ahvoli yaxshilangan. Аmmo, bu safar bemorga ikkita ukol qilinganidan keyin ham uning holati zarracha oʼzgarmagan.
Vey 16 dekabr kuni Xuachjun Fan va texnologiya universiteti qoshidagi shifoxonaga kelgan. Keyinchalik uning Uxan bozorida koronavirus yuqtirib olgan birinchi bemor ekani qayd etilgan. Аmmo, mutaxassislar koronavirusning jonivordan ayolga qanday qilib yuqib qolganligini aniqlay olishmagan.

Birinchi bemorlar guruhi 27 nafar kishidan iborat boʼlgan. Ularning 24 nafari Uxan bozoriga aloqador insonlar boʼlsa, 4 nafari bir oila aʼzolari sanalgan.

 37 Umumiy ko'rildi,  8 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan