Shan. Mar 28th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Bolakay koronavirusdan oʼlgan onasi bilan 16 soat yolgʼiz qolib ketdi

Uning oʼlimidan keyin olingan tahlillar ayolda koronavirus boʼlganini tasdiqladi.
bola - Bolakay koronavirusdan oʼlgan onasi bilan 16 soat yolgʼiz qolib ketdi

Аmerikaning Jorjiya shtatida yashovchi bolakay 16 soat davomida koronavirus sababli vafot etgan onasining murdasi bilan yolgʼiz qolib ketdi.

42 yoshli ayol Piedmont Newnan shifoxonasida mammolog boʼlib ishlagan va oʼz uyidan jonsiz holatda topilgan. Uning oʼlimidan keyin olingan tahlillar ayolda koronavirus boʼlganini tasdiqladi. Oʼlim hodisasi murda topilganidan 12-16 soat avval sodir boʼlgan. Bu vaqtda ayolning jasadi yonida uning farzandi yolgʼiz qolib ketgan.

Piedmont Newnan klinikasi xodimlari koronavirus xavfidan ogohlantirilgan. Marhumaning hamkasblari esa uning COVID-19 bemorlari bilan muloqot qilmagani haqida aytganlar.

Oxirgi maʼlumotlarga koʼra, ayni vaqtda koronavirus sababli vafot etgan bemorlar soni 19 000 kishiga yetgan.

 15 Umumiy ko'rildi,  2 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan