Sesh. Mar 31st, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Moskvadan Vatanga qaytarilgan fuqarolarning 10 nafari aeraportdan shifoxonaga olib ketildi

.jpg - Moskvadan Vatanga qaytarilgan fuqarolarning 10 nafari aeraportdan shifoxonaga olib ketildi

Kecha, 25 mart kuni kechga yaqin Rossiya Federatsiyasidan 604-sonli reys bilan “Moskva – Buxoro” yoʼnalishida uchib kelgan aviareys Buxoro xalqaro aeroportida qabul qilindi. Bu haqda OʼzА xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, samolyot bortida boʼlgan 249 nafar oʼzbekistonlik fuqarolar koronavirus infektsiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʼyicha karantin tartib-qoidalari asosida kutib olingan.

Olib kelinganlarning 213 nafari erkak, 36 nafari ayol. Ular orasida voyaga yetmaganlar esa 31 nafarni, 60 yoshdan oshganlar esa 7 nafar.

Fuqarolarning 10 nafarida koʼngil aynishi va oʼzlarini holsiz sezish holatlari kuzatilganligi bois zudlik bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Qolgan yoʼlovchilarning har biriga nisbatan tibbiy-profilaktik nuqtai nazaridan qattiq nazorat oʼrnatilib karantinga olingan.

 19 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan