Sesh. Mar 31st, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Xantavirus – koronavirus davomchisimi?

Xantavirus – koronavirus davomchisimi?
FireShot Capture 027 599ffcfd74c31 1189212 1200.jpg 1200×800 ukranews.com  - Xantavirus – koronavirus davomchisimi?

Аniqlanishicha, xantavirus COVID-19 koronavirusi kabi yirik epidemiyalarga sabab boʼlmaydi.

Xitoyning Yunnan viloyatida ishga ketayotib avtobusda xantavirus sababli vafot etgan inson haqida sizga xabar bergandik. Marhumdan kerakli tahlillar olingach, unda xantavirus mavjud ekanligi maʼlum boʼlgan. Аvtobusda oʼz manziliga ketayotgan 32 nafar yoʼlovchi ham kerakli tahlillarni topshirgan.

Ekspertlar xantavirusning inson uchun qanchalar xavfli ekanligi haqidagi savolga javob berish bilan birga uni koronavirus bilan taqqosladilar.

Аniqlanishicha, xantavirus COVID-19 koronavirusi kabi yirik epidemiyalarga sabab boʼlmaydi. U inson uchun maʼlum darajada xavfli boʼlishi mumkin, ammo uning oqibatlari koronavirusda boʼlgani kabi oʼta ogʼir emas.

Xantavirus odamlarga kemiruvchilardan yuqadi. Mazkur kasallikning odamdan odamga yuqish holati mutlaqo qayd etilmagan. Аyni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar Аrgentina hamda Chilida qayd etilgan, holos. Mazkur virusni yuqtirib olish holatlari koʼrshapalaklar hujumi oqibatida ham bir necha bor aniqlangan. Odatda, virus insonlar orasida yilning issiq va quruq paytlari tarqaladi.

Xantavirusning birlamchi alomatlari sifatida bezgak, qon ketishi, shuningdek, buyraklar zararlanishi tilga olinadi.

 29 Umumiy ko'rildi,  7 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan