Sesh. Mar 31st, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Toshkentda 100 dan ortiq shaxs karantinni mensimagani uchun qoʼlga olindi

Toshkentda 100 dan ortiq shaxs karantinni mensimagani uchun qoʼlga olindi
photo 2020 03 26 11 58 30 - Toshkentda 100 dan ortiq shaxs karantinni mensimagani uchun qoʼlga olindi

Toshkentda bir sutkada 101 nafar shaxs karantin qoidalarini buzgani uchun ushlandi. Ulardan 66 nafari niqobsiz jamoat joylariga chiqqan, 35 nafari uy karantinidan oʼzboshimchalik bilan koʼchaga chiqqan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB maʼlum qildi.

Bundan tashqari, 26 mart soat 9:00 holatiga Oʼzbekiston boʼyicha 63853 nafar odam karantinga olingan, ulardan 50100 nafari uy sharoitida tibbiy kuzatuvda va 13753 nafari tibbiyot muassasalarida joylashtirilgan.

Toshkentda karantinga olingan shaxslar soni – 5393 nafarni tashkil qilmoqda, ulardan 2704 nafari uylarida va 2689 nafari tibbiyot muassasalarida saqlanmoqda.

Eslatib oʼtamiz, Oʼzbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni ayni vaqtda 65 nafarni tashkil etmoqda.

 19 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan