Sesh. Mar 31st, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Bozorlarda goʻsht, guruch, yogʻning narxi koʻtarildimi?

Davlat statistika qoʻmitasi ayrim bozorlarda mol goʻshti nechpuldan sotilayotganligiga oydinlik kiritdi.
gosht - Bozorlarda goʻsht, guruch, yogʻning narxi koʻtarildimi?

Unga koʻra, respublikaning 3 ta bozorida 1 kg mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari) 37 000 soʻmdan 60 000 soʻmgacha sotilyapti.

Aytilishicha, 1 kg mol goʻshtining (suyaksiz goʻshtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da qayd etilgan (37 000 soʻm). Mol goʻshtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatilgan (60 000 soʻm).

QOʻY GOʻSHTI

1 kg qoʻy goʻshti esa 39 000 soʻmdan 70 000 soʻmgacha sotilayotgani maʼlum boʻlgan. Qoʻy goʻshtining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (39 000 soʻm) roʻyxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (70 000 soʻm) kuzatilgan.

KARTOSHKA

Kartoshkaning minimal narxi Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Damariq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (2 500 soʻm). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (6 000 soʻm) qayd etilgan.

PIYOZ

Piyoz mahsulotining minimal narxi Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da (1 000 soʻm) roʻyxatga olindi. Piyozning maksimal narxi esa, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (4 000 soʻm).

SABZI

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (5 00 soʻm) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da(5 000 soʻm) kuzatildi.

TUXUM

Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Yangiyoʻl shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori”da qayd etildi (10 donasi 4 000 soʻm). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da qayd etilgan (10 000 soʻm).

GURUCH

Guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da roʻyxatga olingan (“Nukus” navli guruch 3 800 soʻm). Maksimal narx yana Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 soʻm).

OʻSIMLIK YOGʻI

Oʻsimlik yogʻi mahsulotlarining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori”da (mahalliy paxta yogʻi 8 000 soʻm) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahri dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qoʻyliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yogʻi 13 500 soʻm) kuzatilgan.

SHAKAR

Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski joʻva dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da (5 500 soʻm) qayd etildi.

Maksimal narxi esa, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Andijon shahrining “Yangibozor dehqon bozori” va “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori” va “Eski shahar dehqon bozori”, Termiz shahrining “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” hamda Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (6 500 soʻm) kuzatildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda avtomashinalar narxi koʻtarilgach, oziq-ovqat mahsulotlarining

 104 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan