Sesh. Mar 31st, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

“Xalqimiz oʼz vaqtida bundan ham ogʼir kunlarni boshdan oʼtkazgan” – Аndijon hokimi aholisiga murojaat qildi

hokim - “Xalqimiz oʼz vaqtida bundan ham ogʼir kunlarni boshdan oʼtkazgan” – Аndijon hokimi aholisiga murojaat qildi

Аndijon viloyat hokimi Shuhratbek Аbdurahmonov aholiga murojaat yoʼlladi. Hokim oʼz murojaatida fuqarolar bexudaga koʼchaga chiqib, pandemiya tarqalib ketishiga sababchi boʼlib qolmasligini eslatib oʼtgan.

“Аssalomu alaykum qadrli hamyurtlar, hurmatli andijonliklar. Bugun Sizlarga murojaat qilishimdan maqsad butun dunyoning dolzarb masalalaridan biri boʼlib turgan koronavirus pandemiyasi Oʼzbekistonga ham kirib kelgani va uni tarqalishini oldini olish boʼyicha viloyatimizda olib borilayotgan ishlar hamda kerakli chora-tadbirlar koʼrilmokda.
Shu jumladan, prezidentimizning topshirigʼiga asosan koronavirus infektsiyasini tezroq bartaraf qilish, karantin davrida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash maqsadida viloyat shtabi tashkil etilgan boʼlib, kechayu-kunduz 24 soat mobaynida oʼz faoliyatini olib bormoqda.

Bugungi kunga qadar viloyatimizda koronavirusga chalinganlik holatlari kuzatilmadi. Belgilangan tartibda chetdan kirib kelgan fuqarolar tibbiy koʼrikdan oʼtkazilib karantinga olinmoqda. Karantinga olingan fuqarolarga barcha sharoitlar yaratilib doimiy tarzda shifokolrlar tomonidan kechayu-kunduz nazorat olib borilmoqda.
Shuningdek, fuqarolardan belgilangan karantin qonun qoidalariga qatiy amal qilishlari, zarurat boʼlmasa qariyalarimizni doimiy uyda boʼlishlari, asossiz ravishda uydan koʼchaga chiqmasliklari, taʼtilda boʼlgan aziz farzandlarimizning tarbiyasiga, ularning shaxsiy gigienasiga jiddiy eʼtibor qaratishimiz har birimizning asosiy vazifamiz ekanligini taʼkidlab oʼtmoqchiman.

Viloyatimizda oziq-ovqat va boshqa kundalik isteʼmol mahsulotlarining narxi oshib ketmasligi uchun shaxsan oʼzim boshchiligimda barcha choralar koʼrilmoqda. Davlat soliq qoʼmitasi, prokuratura organlari, bozorlar uyushmasi hamda tadbirkorlar ishtirokida ushbu jarayonlar alohida nazorat ostida ekanligi bugun barchamizga maʼlum.
Shu bilan birgalikda, bugun, viloyatimizda oziq-ovqat zahiralari yetarli darajada mavjud va ushbu masalada hech kim tashvishga tushmasliklarini alohida soʼrab qolamiz.
Shu oʼrinda bugundan boshlab jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurgan fuqarolarga – bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida 223 000 soʼm, mazkur holat yana qaytariladigan boʼlsa – bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari 669 000 soʼm miqdorida jarima qoʼllanila boshladi.

Hurmatli fuqarolar ushbu koʼrilgan choralar, albatta aholimizning salomatligi va osoyishtaligini taminlash maqsadida olib borilayotganligini yana bir bor his etishlari va qonun-qoidalarna qatʼiy amal qilshimiz zarur.
Аziz Аndijonliklar! Oʼz vaqtida qanchadan-qancha sinovlar va ogʼir kunlarni boshidan kechirgan xalqimiz vaziyatga toʼgʼri baho berib, ushbu sinovlarni ham mardonavor yengib oʼtishiga ishonamiz”, deyilgan Shuhrat Аbdurahmonovning andijonliklarga yoʼllagan murojaatida.

Maʼlumot uchun, Oʼzbekiston hududida rasman koronavirus infektsiyasiga chalinganlar 60 nafarga yetdi.

 20 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan