Sesh. Mar 31st, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Koronavirus tarqalishiga iqlimning taʼsiri bormi?

1584896344 lapresse 20200322161903 32344647 1024x643 - Koronavirus tarqalishiga iqlimning taʼsiri bormi?

Iqlim sharoiti koronavirus tarqalishiga taʼsir qilmaydi. Bu haqda Il Giornale nashri italiyalik shifokorlarga asosan maqola tayyorladi.
Xususan, virusolog Roberto Burioni yozda issiq tufayli pandemiya pasayishi mumkin degan afsonani yoʼqqa chiqardi.

Mutaxassis ayrim davlatlar tomonidan joriy etilgan cheklov choralari virus bilan kurashda samarali ekanligini taʼkidladi. Uning nazarida issiq havo boshlanishi bilan nafas yoʼllari bilan bogʼliq boʼlgan barcha kasalliklarini yuqtirish holatlari haqiqatan ham kamroq qayd etiladi, havoga tushgan tupuk zarralari tezroq bugʼlanib ketadi, ammo bu hozirgi vaziyatga taʼsir qilishi dargumon.

Milan, Rim va Kte-Peskara universitetlari olimlari ham shunga oʼxshash xulosaga keldilar. Ular Uxan va Italiyaning Lombardiya va Veneto shaharlarida COVID-19ga chalingan odamlar sonini solishtirishdi, bu hududlarda iqlim sharoiti va kasallangan soni oʼrtasida hech qanday bogʼliqlikni topmadilar.

Nashr mualliflari infektsiyaga qarshi kurashish uchun issiq haroratning foydasi haqidagi afsona koronavirusni atipik pnevmoniya (SARS) bilan taqqoslash natijasida paydo boʼlganligini taʼkidlashdi. SARS 2002 yil oxirida boshlanib, 2003 yil iyul oyida yakunlangandi. Mutaxassislarning fikriga koʼra, oʼsha epidemiyani hozirgisi bilan taqqoslab boʼlmaydi.

Maʼlumot uchun, dunyoning 170 tadan ortiq davlatda koronavirus aniqlandi. Oʼtgan yil yakunida Uxanda COVID-19 birinchi bemorlar paydo boʼldi. JSST soʼnggi malumotlariga koʼra, 350 ming kishidan ortiq bu virus aniqlandi, 16 ming kishi vafot qildi.

 28 Umumiy ko'rildi,  5 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan