Yak. Mar 29th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Moskvadan Buxoroga qaytgan 4 kishi zudlik bilan shifoxonaga olib ketildi

Qolgan yoʻlovchilarning har biriga nisbatan tibbiy-profilaktik nuqtayi nazardan qattiq nazorat oʻrnatilgan.
tezyordam - Moskvadan Buxoroga qaytgan 4 kishi zudlik bilan shifoxonaga olib ketildi

Avvalroq, Buxoro viloyatida 24-mart kuni Rossiyadan 614-sonli reys bilan Moskva-Buxoro yoʻnalishida uchgan aviareys qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Samolyot bortida 266 nafar Oʻzbekiston fuqarolari belgilangan tartib-qoidalar asosida kutib olingan. Ular orasida Buxorodan tashqari, Toshkent shahri hamda viloyati, shuningdek, Xorazm, Samarqand, Surxondaryo, vodiy viloyatlaridan, qolaversa, Qoraqalpogʻiston respublikasidan fuqarolar boʻlgan.

“Buxoro xalqaro aeroportida tegishli tartibda karantin meʼyorlariga muvofiq qarshi olingan yoʻlovchilar orasidan tana harorati yuqori boʻlganligi sababli 4 nafar fuqaro viloyat Yuqumlik kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan”, deyilgan xabarda.

Qolgan yoʻlovchilarning har biriga nisbatan tibbiy-profilaktik nuqtayi nazardan qattiq nazorat oʻrnatilgan.

Eslatib oʻtamiz, hozirda Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar 60 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlar orasida mamlakatning turli hududlaridan boʻlgan fuqarolar bor. Bemorlarning 2 nafari Fargʻona viloyatida, yana 1 nafari Namangandagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

 70 Umumiy ko'rildi,  2 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan