Shan. Mar 28th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Rulda niqobsiz harakatlanish mumkinmi?

O'zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 60 nafarga yetdi.
755802965415156 1024x512 - Rulda niqobsiz harakatlanish mumkinmi?

Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosov navbatdagi brifing chogʻida transport vositasi boshqaruvida tibbiy niqob taqish shartlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

“Siz oʻz avtomobilingizni boshqarayotganda tibbiy niqobsiz boʻlishingiz mumkin, agar mashinada boshqa yoʻlovchi boʻlmasa. Agar taksida yoʻlovchi boʻlsa haydovchi tibbiy niqobda boʻlishi shart.

Agar mashinadagi yoʻlovchi qarindoshingiz yoki yaqin odamingiz boʻlsa, aql bilan ish tutish kerak. Masalan, men hozir niqobdaman, chunki bu yerda odamlar koʻp. Jamoat joylarida hamisha boshqa odamlar boʻladi va tibbiy niqob taqish shart”, deya izohladi Shohruh Gʻiyosov.

Eslatib o’tamiz, O’zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 60 nafarga yetdi.

 22 Umumiy ko'rildi,  2 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan