Yak. Mar 29th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Toshkentda tungi kapalaklarni olib qochgan “Neksiya” jarima maydoniga joylashtirildi

Maʼlum qilinishicha, holat boʻyicha videotasvirlar joriy yilning 22-mart kunidan 23-mart kuniga oʻtar kechasi soat taxminan 02.00 da Yashnobod tumani Shahrisabz koʻchasida tasvirga olinganligi aniqlangan.
5f3e1695f8ff429a1011f9db1f0051e5 - Toshkentda tungi kapalaklarni olib qochgan “Neksiya” jarima maydoniga joylashtirildi

Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Oq Neksiya haydovchisi ichki ishlar xodimlariga boʻysinmay “tungi kapalak” qizlarni olib, qochib ketdi” sarlavhasi ostida joylashtirilgan videotasvir yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, holat boʻyicha videotasvirlar joriy yilning 22-mart kunidan 23-mart kuniga oʻtar kechasi soat taxminan 02.00 da Yashnobod tumani Shahrisabz koʻchasida tasvirga olinganligi aniqlangan.

Unga koʻra, Yashnobod tumani IIO FMB 2-son IIB tomonidan xizmatga jalb qilingan Patrul-post xizmati xodimlari oʻz xizmat yoʻnalishi boʻyicha faoliyat yuritayotgan vaqtda, oq rangli “Nexia” rusumli avtomobil egasi 27 yoshli Abror X. ichki ishlar xodimlari tomonidan toʻxtash ishorasi koʻrsatilganiga qaramasdan, oʻz harakatini davom ettirgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasi(“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bilan bayonnoma rasmiylashtirildi hamda avtomashina jarima maydonchasiga joylandi.

 25 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan