Yak. Mar 29th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Moskvada ikki kishi koronavirusdan vafot etdi

Maʼlum qilinishicha, bemorlar 88 va 73 yoshda boʻlgan. Ular oʻzlarida pnevmoniya tasdiqlanganidan soʻng shifoxonaga yotqizilgan.
Moskvacovid 1024x685 - Moskvada ikki kishi koronavirusdan vafot etdi

Moskvada yangi koronavirus tashxisi qoʻyilgan ikki bemor vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” nashri xabar bermoqda

Maʼlum qilinishicha, bemorlar 88 va 73 yoshda boʻlgan. Ular oʻzlarida pnevmoniya tasdiqlanganidan soʻng shifoxonaga yotqizilgan.

Rossiyada keksa va surunkali kasalliklarga chalingan odamlar oʻzlarini izolyatsiya qilish rejimiga qatʼiy rioya qilishlari kerakligi doimiy tarzda eslatilmoda.

Maʼlumki 2019-yil oxirida aniqlangan koronavirus bugungacha dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlariga kirib borgan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, virus yuqtirganlarning umumiy soni 350 ming kishidan oshgan, 16 mingdan ortiq kishi vafot etgan. Rossiyada 658 kishi koronavirus bilan kasallangan, ulardan 29 nafari tuzalib ketgan.

 16 Umumiy ko'rildi,  2 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan