Shan. Mar 28th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

“Yaxshi bilan yomonni ajratib olish payti kelgandek goʻyo” – Saida Mirziyoyeva

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning toʻngʻich qizi Saida Mirziyoyeva hozirdagi pandemiya holatiga oʻz fikrini bildirarkan, koronavirus odamlar oʻz oilasi, yaqinlari bilan birlashib, oqibatni kuchaytirishi, insof, diyonatni targʻib etishi uchun yuborilganga oʻxshashini taʼkidlab oʻtdi.
Saidamirziyoyeva 1024x682 - “Yaxshi bilan yomonni ajratib olish payti kelgandek goʻyo” – Saida Mirziyoyeva

Ayni vaqtda Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 60 nafarga yetdi. Mamlakatda karantin hukm surmoqda, odamlarga besabab koʻchaga chiqmaslik tavsiya etilmoqda.

Koʻchalarda tibbiy niqoblarsiz yurganlarga jarimalar joriy qilingan. Kreditlarni toʻlash muddati 1-oktyabrga qadar qoldirildi. Uyali aloqa kompaniyalari ikki oy muddatgacha toʻlovi toʻlanmagan abonentlariga qarzga xizmat koʻrsatishini maʼlum qildi. Toshkent shahri va viloyatlarga olib boradigan chegara postlari yopilgan.

Oʻzbekistonda koronavirusdan kasallanganlarning 4 nafar bemorning ahvoli ogʻirlashgan. Ha, bunaqasi tarixda kuzatilmagandi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning toʻngʻich qizi Saida Mirziyoyeva hozirdagi pandemiya holatiga oʻz fikrini bildirarkan, koronavirus odamlar oʻz oilasi, yaqinlari bilan birlashib, oqibatni kuchaytirishi, insof, diyonatni targʻib etishi uchun yuborilganga oʻxshashini taʼkidlab oʻtdi.

“Butun dunyoda karantin. Bunaqasi hali boʻlmagan, men eslay olmayman. Bugun hayotimizda roʻy berayotgan voqealarga boshqa rakursdan qaralsa, odamzod qayta tarbiyalanayotganga oʻxshaydi. Uning yuziga koʻzgu tutilgandek, goʻyo. Yaxshi bilan yomonni ajratib olish payti kelgandek.

Alloh bizga sinov yuborib, oʻzimizni isloh qilishga, koʻproq yaxshilik, ezgu ishlar amalga oshirishga undayotgandek. Koronavirus odamlar oʻz oilasi, yaqinlari bilan birlashib, oqibatni kuchaytirishi, insof, diyonatni targʻib etishi uchun yuborilganga oʻxshaydi.

Shunday davrda hammani uyda qolishga chorlab, oʻzlari ishlashda davom etayotgan sotuvchi, kassir, dorixonalar va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari, harbiy, shifokor, uchuvchilar jamoalari, haydovchilar, novvoylar va, eng asosiysi, jurnalist vablogerlar – ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda elimiz uchun oʻz sogʻligʻi, hayotini xavf ostiga qoʻygan barcha fidoyi insonlar!

Sizga boshimiz yerga tekkuncha taʼzimdamiz. Siz ham uyingizda oʻtirishingiz mumkin edi. Ammo siz xalq xizmatida boʻlishni tanladingiz. Buning savobi juda katta boʻlsa kerak.

Siz bor ekansiz, biz xavotir olmasak ham boʻladi. Ilohim bu #sinovdavri dan birgalikda eson-omon oʻtib olaylik!”, deya yozib qoldirgan Saida Mirziyoyeva.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev bu qiyinchiliklar albatta, oʻtib ketishi haqida soʻz yuritgan edi.

 19 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan