Shan. Mar 28th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Аfgʼoniston hukumati va “Tolibon” oʼrtasida ilk onlayn muzokara oʼtkazildi

Tomonlar zoʼravonlikni kamaytirish tarafdori ekanliklarini bildirganlar.
1582081574 9 1 - Аfgʼoniston hukumati va “Tolibon” oʼrtasida ilk onlayn muzokara oʼtkazildi

Tomonlar zoʼravonlikni kamaytirish tarafdori ekanliklarini bildirganlar.

Аfgʼoniston hukumati va “Tolibon” radikal harakati АQSh hamda Qatar vositachiligi bilan ilk bor asirlarni almashish boʼyicha onlayn muzokara oʼtkazdi. Bu haqida АQShning Аfgʼoniston boʼyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod xabar bergan.

“Bugun АQSh va Qatar Аfgʼoniston hukumati hamda “Tolibon” oʼrtasida Skype orqali videokonferentsiya usulida asirlarni almashish boʼyicha birinchi texnik muzokaralarni oʼtkazishga koʼmak berdi” dedi Xalilzod oʼzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali.

Uning soʼzlariga koʼra, tomonlar zoʼravonlikni kamaytirish tarafdori ekanliklarini bildirganlar. Bundan tashqari, jarayon davomida koronavirus sababli asirlarni tezlik bilan almashtirish zarurati muhokama qilingan.

 25 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan