Yak. Mar 29th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Bishkekda komendantlik soati e’lon qilindi

Bishkekda komendantlik soati e'lon qilindi
01a76a07 c1dc 48e3 bb3b 1cc226a3d8f3 1 - Bishkekda komendantlik soati e'lon qilindi

Endilikda soat 20:00 dan tonggi soat 7:00 ga qadar fuqarolar va transport vositalarining harakati butunlay cheklanadi.

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida koronavirusning tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida komendantlik soati e’lon qilindi.

Endilikda soat 20:00 dan tonggi soat 7:00 ga qadar fuqarolar va transport vositalarining harakati butunlay cheklanadi. Tartibni saqlash uchun jarayonga harbiylar jalb qilingan.

Jamoat transportlari soat 7:00 dan 19:00 ga qadar ishlamoqda. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatda favqulodda vaziyat e’lon qilish haqidagi farmonni imzolagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Qirg‘izistonda 42 nafar fuqaroda koronavirus bilan kasallanish holati qayd etilgan.

 28 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan