Yak. Mar 29th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Karantindagilarning telefoni nega olib qoʻyilishi aytildi

Karantinga olingan shaxsning mobil telefoni nima uchun olib qoʻyiladi?
c51a4d8d 7a13 414b 9db6 1cc041990a5d - Karantindagilarning telefoni nega olib qoʻyilishi aytildi

Global pandemiya hisoblangan koronavirusga qarshi barcha zarur choralarni qoʻllash, bunda uning oldini olishda muayyan darajada muvaffaqiyat qozongan davlatlarning ilgʻor tajribasini qoʻllash bu virusga qarshi ishlab chiqilgan mamlakatimiz strategiyasining asosini tashkil qiladi.

Birinchidan, virusolog olimlarning taʼkidlashicha ushbu buyumlar infeksiyani oʻzida saqlovchi va tarqatuvchi xususiyatga ega boʻlib, ularni karantin hududiga olib kirish sanitariya talablariga ziddir. Xususan, infeksiya qogʻoz va plastik yuzada eng uzoq vaqt davomida saqlanishi mumkin – 5 kungacha.

Ikkinchidan qaror bilan tasdiqlanagn nizomda vaqtinchalik olib qoʻyilgan buyumlardan shaxs infeksiya yuqishi mumkin boʻlgan davrda muloqotda boʻlgan shaxslar va borgan joylarini aniqlash maqsadida oʻrganilishi koʻrsatib oʻtilgan.

Jahon tajribasiga murojaat etilsa, Rossiya, Singapur, Isroil va boshqa bir qator davlatlarda bu usuldan foydalanilayotganini koʻrish mumkin.

Xususan, Rossiyada bu usuldan mobil telefonlarning GPS funksiyasi orqali karantinga olingan shaxsning borgan manzillarini tahlil qilish orqali ehtimoliy aloqada boʻlgan shaxslar doirasini shakllantirishda foydalanilmoqda.

Taʼkidlash joizki, ayrim hollarda karantindagi shaxs oʻzlari bilan aloqada boʻlgan shaxslar haqida maʼlumotlarni yashiradi yoki unutib qoʻyishi mumkin. Birinchi bemor bilan sodir boʻlgan voqea bunga yaqqol misol boʻla oladi.

Uchinchidan, bu cheklov jismoniy shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari toʻgʻrisidagi axborot tarqatilishini oldini olish imkonini ham beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda karantin joylaridan olingan koʻplab videolar va sahnalar tarqatilmoqda. Koʻplab post va roliklarda jamiyatga virus bilan kurashish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar, chet eldan olib kelingan fuqarolarni saqlash sharoitlari toʻgʻrisida asossiz va buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, ushbu muassasalarda joylashtirilgan boshqa shaxslarga nisbatan shaxsiy maʼlumotlar boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga koʻpincha rioya qilinmaydi.

Qonunga koʻra, jismoniy shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari maxfiy axborot toifasiga kiradi.

Buzilgan maʼlumotlar va faqat subyektiv baholashlar aholi oʻrtasida vahima paydo boʻlishiga yoki jamiyatda mish-mishlar va qarorlar qabul qilishga olib kelishi mumkin.

Vaqtinchalik olib qoʻyilgan buyumlar shaxs davolash muassasasidan chiqayotgan vaqtda oʻziga qaytarib beriladi yoki uning yaqin qarindoshlari yoxud vakillariga topshiriladi.

 62 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan