Yak. Mar 29th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Moskvadan charter reys orqali Buxoroga kelgan 266 nafar yo`lovchilar karantinga olindi

file 5e5f59e17f12f8.929034961583307233 1 1024x603 - Moskvadan charter reys orqali Buxoroga kelgan 266 nafar yo`lovchilar karantinga olindi

Buxoro viloyat hokimligida tegishli boshqarma, tashkilot va korxonalar mas’ul xodimlaridan tarkib topgan COVID-19 kasalligiga qarshi kurashish va uning tarqalishining oldini olish bo‘yicha viloyat shtabidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 24 mart kuni, Uzbekistan Airways Rossiya Federatsiyasidan 614-sonli reys bilan Vnukovo—Buxoro yoʼnalishi boʼyicha charter qatnovini amalga oshirilib, samolyotda 266 yoʼlovchi olib kelingan edi.

Yo‘lovchilarning 202 nafari erkak, 64 nafari ayol va 11 nafari voyaga yetmaganlar, 7 nafari nafaqa yoshidagilardan iborat bo‘lib, ularning 4 nafari chet davlatdan deport qilingan.

Ular orasida Toshkent shahri hamda viloyati, shuningdek, Buxoro, Xorazm, Samarqand, Surxondaryo, vodiy viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi fuqarolar bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Buxoro xalqaro aeroportida tegishli tartibda karantin me’yorlariga muvofiq qarshi olingan yo‘lovchilar orasidan tana harorati yuqori bo‘lganligi sababli 4 nafar fuqaro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan. Qolgan yo‘lovchilarning har biriga nisbatan tibbiy-profilaktik nuqtayi nazardan qattiq nazorat o‘rnatilgan.

Shuningdek, aviabortda Vobkent tumanida istiqomat qilgan bir nafar fuqaroning jasadi ham bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya Federatsiyasiga qatnab, ishlab yurgan bu fuqaro insult kasalligi oqibatida chet elda vafot etgan.

 67 Umumiy ko'rildi,  2 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan