Yak. Mar 29th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Oʻzbekistonda biznes “fors-major” rejimiga oʻtkazildi

Dunyodagi epidemiologik vaziyat va Oʻzbekistonda koronavirusning tarqalishi tufayli hukumat shartnomalar bajarilmagan taqdirda biznes uchun “fors-major” rejimini joriy etishga qaror qildi.
forsmajor - Oʻzbekistonda biznes “fors-major” rejimiga oʻtkazildi

Dunyodagi epidemiologik vaziyat va Oʻzbekistonda koronavirusning tarqalishi tufayli hukumat shartnomalar bajarilmagan taqdirda biznes uchun “fors-major” rejimini joriy etishga qaror qildi.

Koronavirus pandemiyasi va global inqirozning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga tadbirkorlik subyektlarining talablariga binoan yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sertifikatlarini berish topshirildi. Sertifikatni bir kunda olish mumkin (agar fors-major holati koronavirus bilan bogʻliq boʻlsa).

Oʻzbekistonda biznes “fors-major” rejimiga oʻtkazildi

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-fevraldagi 63-son qarori bilan tasdiqlangan Yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, fors-major – bu tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiat hodisalari (zilzila, koʻchki, boʻron, qurgʻoqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini koʻzlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tashqi savdo bitimlari (shartnomalar) va xalqaro shartnomalar boʻyicha tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va kutilmagan holatlardir.

Shu bilan birga, bunday holatlarga qarzdorning kontragentlari tomonidan majburiyatlar buzilishi, bozorda majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan tovarlarning yoʻqligi va boshqalar kirmaydi.

Umuman olganda, tomonlardan birida yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari yuzaga kelgan taqdirda, tomonlar oʻzaro manfaatli shartlar bilan kelishib olishga harakat qilishlari mumkin (masalan, shartnoma majburiyatlarini oʻzgartirish orqali majburiyatlarni bajarish muddatini uzaytirish).

Agar tomonlardan biri kelishuvga erisha olmasa, yengib boʻlmaydigan kuchlar holatini tasdiqlaydigan sertifikatni olish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga murojaat qilishi mumkin.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan yuqorida koʻrsatilgan sertifikatlarni rasmiylashtirishda respublikaning xoʻjalik subyektlariga yordam berish uchun barcha zarur choralar koʻriladi.

Aloqa uchun telefon raqamlari:

a) Vazirlikning markaziy apparati:

sertifikat berish boʻyicha vakolatli boʻlinma – 71 238 50 23, 71 238 50 22;

arizalarni koʻrib chiqish uchun boʻlinma – 71 238 500;

b) vazirlikning hududiy boʻlinmalari:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 61 222 31 91;

Andijon viloyati – 74 223 24 03;

Buxoro viloyati – 65 221 51 84;

Jizzax viloyati – 72 226 56 14;

Qashqadaryo viloyati – 75 221 07 14;

Navoiy viloyati – 79 223 78 99;

Namangan viloyati – 69 227 76 46;

Samarqand viloyati – 66 230 48 42;

Sirdaryo viloyati – 67.225 36 65;

Surxondaryo viloyati – 76 223 36 45;

Toshkent viloyati – 70 762 58 97;

Fargʻona viloyati – 95 402 60 90;

Xorazm viloyati – 62 223 15 06;

Toshkent shahri – 71 210 03 28.

 38 Umumiy ko'rildi,  2 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan