Yak. Mar 29th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Rasman: Xokkey bo`yicha Rossiya chempionati muddatidan oldin tugatildi

Gagarin kubogi sohibi aniqlanmaydi.
gagarin - Rasman: Xokkey bo`yicha Rossiya chempionati muddatidan oldin tugatildi

Xokkey bo`yicha Rossiya chempionati KXL COVID-19 epidemiologik holatining salbiy rivojlanishi sababli 2019/2020 yilgi mavsumni muddatidan oldin tugatishga qaror qildi. Bu haqda liganing twiiter`dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

“Dunyoda COVID-19 epidemiologik holatining salbiy rivojlanishi sababli, liga 2019/20 mavsumining qolgan qismini bekor qilishga qaror qildi”, deyilgan liga xabarida.

Futbolchilar, muxlislar, klub xodimlari hamda KXL o’yinlarini tashkil qilish va o’tkazishda ishtirok etganlarning sog’lig’i va xavfsizligini inobatga olgan holda barcha manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashgandan so’ng ushbu qaror qabul qilingan.

Yozda chempionatning davom etishi keyingi mavsumga juda salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ushbu senariyda klublar yozgi ta’til va mavsumoldi mashg’ulotlari uchun odatiy shartlarni butunlay o’zgartirishlari kerak va KXL transfer oynaning shartlarini o’zgartirishi, mavsum boshlanishini o’ta kechikkan sanaga qoldirishi, shuningdek chempionatdagi o’yinlar sonini kamaytirishi talab etiladi. Shularni hisobga olgan holda liga ushbu mavsumni bekor qili va endi bu yil chempion nomi aniqlanmaydigan bo`ldi.

2019/20 yilgi chempionat yakunlariga ko’ra, joylarni taqsimlash to’g’risida qaror KXL direktorlar kengashining navbatdagi yig’ilishlaridan birida qabul qilinadi.

“Direktorlar kengashi, shuningdek, 2020/2021 yilgi chempionatda ishtirokchilar tarkibini aniqlaydi, shundan so’ng Liga taqvimni tayyorlashni boshlaydi”, – deyiladi liga bayonotida.

 21 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan