Shan. Mar 28th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Chilonzorda virusologiya shifoxonasi qurilmoqda – fotoreportaj

7cf2df23bf44d6f7001d3 - Chilonzorda virusologiya shifoxonasi qurilmoqda – fotoreportaj

Toshkent shahar Chilonzor tumani “Arnasoy” koʻchasida yangi “Yuqumli kasalliklar (virusologiya)” shifoxonasi barpo etilmoqda. Bu Oʻzbekistonda COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish, uning oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar qatorida amalga oshirilyapti. Bu haqda “Hududgaz Toshkent shahar” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, binoning asosiy qismi boʻlgan gaz va gaz taʼminoti boʻyicha biriktirilgan “Hududgaz Toshkent shahar” MCHJ boshchiligida “Chilonzortumangaz” filiali tomonidan ushbu markazning yer ostiga “D-102” mm-360 pm.dan 200 pm.li gaz quvuri va 4 ta burchak trubalar (otvod) tortilgan. 40 nafarga yaqin ishchi xodimlar xavfsizlik va gigiyenik tartibda oʻz ishlarini davom ettirmoqdalar.

“Salomatlik tanada xastalikning yoʻqligi tushunilsa-da, biroq, u odamlarga shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan samarali va mazmunli hayot kechirish imkoniyatini beradi hamda ish, oʻqish, oila va jamoat ishlarida faol qatnashishlarini taʼminlaydi”, deyiladi “Hududgaz Toshkent shahar” matbuot xizmati bayonotida.

Chilonzorda virusologiya shifoxonasi qurilmoqda – fotoreportaj

Chilonzorda virusologiya shifoxonasi qurilmoqda – fotoreportaj

​​

Eslatib oʻtamiz, koronavirus oʻchogʻi boʻlgan Xitoyning Uxan shahrida 10 kun muddat davomida koʻplab bemorlarni qabul qiladigan shifoxona qurib bitkazilgan edi.

 68 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan