Yak. Mar 29th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

“GAI”da fuqarolar qabuli toʻxtatildi, “texosmotr” qilinmagan mashinaga chora ham koʻrilmaydi

Belgilangan muddatlarda avtomotorransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkaza olmagan hamda texnik koʻrikka taqdim qila olmagan fuqarolarga nisbatan vaqtincha maʼmuriy choralar koʻrilmaydi.
gai - “GAI”da fuqarolar qabuli toʻxtatildi, “texosmotr” qilinmagan mashinaga chora ham koʻrilmaydi

Oʻzbekistonda koronavirus kasalligi tarqalishini oldini olish boʻyicha karantin joriy qilingan. Aynan shu munosabat bilan 2020-yil 24-martdan boshlab Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Maʼmuriy amaliyot, Roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish, Transport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni tashkil etish (texnik koʻrikdan oʻtkazish) boʻlim va boʻlinmalarida fuqarolar qabuli vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, belgilangan muddatlarda avtomotorransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkaza olmagan hamda texnik koʻrikka taqdim qila olmagan fuqarolarga nisbatan vaqtincha maʼmuriy choralar koʻrilmaydi.

Yuqorida yetkazilgan maʼlumot va xabarlar yuzasidan savollar uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Toshkent shahar IIBB YHXB:71-255-10-47

Toshkent viloyati IIBB YHXB:71-265-08-51

Andijon viloyati IIB YHXB:74-226-99-33

Fargʻona viloyati IIB YHXB:73-241-57-29

Namangan viloyati IIB YHXB:69-234-06-06

Sirdaryo viloyati IIB YHXB:67-227-32-93

Jizzax viloyati IIB YHXB:72-223-95-52

Samarqand viloyati IIB YHXB:66-221-81-81

Qashqadaryo viloyati IIB YHXB:75-225-02-05

Surxondaryo viloyati IIB YHXB:76-221-27-51

Navoiy viloyati IIB YHXB:78-770-28-08

Buxoro viloyati IIB YHXB:65-221-86-05

Xorazm viloyati IIB YHXB:62-225-60-05

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV YHXB:61-225-14-37.

 24 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan