Yak. Mar 29th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Toshkent shahar IIBB va hududiy boʻlinmalarda fuqarolar qabuli toʻxtatildi, murojaatlarni onlayn yuborish mumkin

Toshkent shahar IIBB Markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalarida fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining qabuli vaqtinchalik toʻxtatiladi.
iibb - Toshkent shahar IIBB va hududiy boʻlinmalarda fuqarolar qabuli toʻxtatildi, murojaatlarni onlayn yuborish mumkin

Mamlakatda koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish boʻyicha joriy etilgan tartib munosabati bilan Toshkent shahar IIBB Markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari binolarida fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining qabullari vaqtinchalik toʻxtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, barcha murojaatlar elektron koʻrinishda elektron pochta (telegram-bot) orqali quyidagi manzil orqali qabul qilinmoqda: info@iibb.uz;

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi: @passport_viza;

Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi: Yhxb.iibb.uz (saytda fuqarolar murojaati rukni mavjud).

Shuningdek murojaatlar quyidagi telefon raqamlari orqali qabul qilinadi: 71-281-93-34, 71-281-94-18 yoki Oʻzbekiston Respublikasi IIV “ishonch raqami” 1102 orqali.

“Shu bilan birga maʼlum qilamizki, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning tuman boʻlinmalari tergovchilariga jinoyat ishi boʻyicha tergov jarayoni qatnashchilarini ichki ishlar organlariga faqatgina kechiktirib boʻlmas tergov harakatlarini oʻtkazish uchun olib kelishlari mumkin.

Texnik imkoniyatlar majud boʻlgan taqdirda barcha tergov harakatlari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga muvofiq videokonferensiya tarzida, Ichki ishlar organlarining maʼmuriy binolariga jarayon qatnashchilari boʻlmagan shaxslarni kiritmagan holda olib boriladi”, deyiladi IIV bayonotida.

Maʼlumot uchun, vaqtinchalik cheklovlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori va davlat sanitariya nazorati organlarining tegishli tavsiyalari ijrosi oʻlaroq joriy etilgan.

 22 Umumiy ko'rildi,  2 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan