Sesh. Mar 31st, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Baloga uchramay desangiz bu duoni oʻqing!

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa beadad hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga durudu salavotlar boʻlsin.
duo - Baloga uchramay desangiz bu duoni oʻqing!

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa beadad hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga durudu salavotlar boʻlsin.

Baloga uchramaslik uchun oʻqiladigan duo. Baʼzan koʻcha-koʻyda, yoʻlda, bozor va yana boshqa yerlarda turli musibatga uchragan, sinovga mubtalo boʻlganlarni uchratamiz. Masalan, avtohalokat hodisasi, yongʻin, biror kasallikka chalingan va h.k.

Kimdir ularni holini koʻrib achinadi, yordam berishga harakat qiladi, bunga imkoniyati yetmasa haqiga duo qiladi. Baʼzilar esa “koʻziga qarasa boʻlmaydimi”, “hammasiga oʻzi sababchi”, “oʻzini ehtiyot qilsa boʻlmasmidi” kabi turli “tanbeh”larni beradi. Yana boshqalar darhol choʻntagidan qoʻl telefonini chiqarib suratga, videoga olishga “oshiqadi”.

Aslida har bir banda sinovga duchor boʻluvchidir. Zero, bu dunyo – sinovlar maydoni. Undagi bir sinovning ortidan toʻxtamay ikkinchisi, uchinchisi….. yetib keladi. Ha, hayot aslida ana shunday bitmas-tuganmas imtihonlar zanjiridir. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Odamlar: “Imon keltirdik”, deyishlari bilangina, sinalmagan hollarida qoldiriladilar, deb oʻyladilarmi?! Biz ulardan oldingi (imonli) kishilarni sinagan edik-ku!” (Ankabut surasi, 2-3 – oyatlar).

Banda duchor boʻlgan va boʻladigan barcha sinovlar Alloh taoloning xohish-irodasi bilan boʻladi. Alloh xohlagan ish boʻlmay qolmas va xohlamagan ish aslo boʻlmas. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Xoh yerga va xoh oʻzlaringizga biror musibat yetsa, Biz uni paydo qilishimizdan ilgari Kitobda (Lavhul-mahfuzda bitilgan) boʻlur. Albatta, bu Allohga osondir” (Hadid surasi, 22-oyat).

Muhimi musibat yetganda, sinovga uchraganda yolgʻiz Alloh taolodangina yordam soʻrash, Oʻzidangina umidvor boʻlish, sabr qilib ulugʻ ajrni qoʻlga kiritishga intilish lozim. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Sizlarni biroz xavf-xatar, ochlik (azobi) bilan, molu jon va mevalar (hosili)ni kamaytirish yoʻli bilan sinagaymiz. (Shunday holatlarda) sabr qiluvchilarga xushxabar bering (ey, Muhammad)!” (Baqara surasi, 155-oyat).

Xoʻsh, moʻmin bandaning birodarini musibatga, baloga uchraganini koʻrganda odobi qanday boʻlmogʻi lozim? Har bir ishda ummatlariga oʻrnak boʻlgan sevikli Paygʻambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday holatda ushbu duoni oʻqishni taʼlim berganlar:

الحمد لله الذي عافاني مما ابتلاك به وفضلني على كثير ممن خلق تفضيلا لم يصبه ذلك البلاء

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim baloga uchragan kishini koʻrganda “Alhamdu lillahillaziy aʼfaniy mimmaa ibtalaaka bihi va fazzalaniy aʼla kasiyrin mimman xolaqa tafziylan” desa, unga oʻsha balo yetmaydi», dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Alloh taolo barchamizni turli balo-ofat va kasalliklardan Oʻz panohida saqlasin. Nusrat, ofiyat ato etsin. Xuzur-halovatda, tinch, osoyishta, iymon lazzatidan bahramand holatda hayot kechirishimizni nasib aylasin.

Davron NURMUHAMMAD

 21 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan