Yak. Mar 29th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Kutilgan xabar: Oʻzbekistonda kreditlar masalasiga oydinlik kiritildi

kredit 3285767 - Kutilgan xabar: Oʻzbekistonda kreditlar masalasiga oydinlik kiritildi

Koronavirus pandemiyasining Oʻzbekistonga kirib kelishi joriy yilning 15-mart kuni sodir boʻldi. Shu vaqt davomida Hukumat, Vazirlar mahkamasi va bir qator davlat tashkilotlari kutilmagan qarorlarni qabul qildi.

Masalan Toshkent shahriga kirish yopib qoʻyildi, koʻchalarda tibbiy niqobsiz yurish taqiqlandi. Oʻzbekistonda ayni vaqtda koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni 55 nafarni tashkil etmoqda.

Va nihoyat bugun oʻzbekistonlik fuqarolarning koʻpchiligini qiziqtirayotgan kreditlarni toʻlash masalasiga ham oydinlik kiritildi.

Yaʼni, Markaziy bank mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida qarzlarning kredit toʻlovlari bilan bogʻliq riskini yumshatish yuzasidan qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.

Qarorga koʻra, jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar krediti boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklarni kechiktirilishda jarima sanksiyalari qoʻllanilmaydi hamda undiruvni kredit taʼminotiga qaratmaslik tavsiya etiladi.

Yaʼni, Markaziy bank 2020-yil 1-oktyabrga qadar jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning kreditlariga, ularning murojaatlariga asosan imtiyozli davrlarni uzaytirish va shunga mos ravishda kreditning oxirgi soʻndirish muddatini uzaytirish tavsiya etgan.

Kutilgan xabar: Oʻzbekistonda kreditlar masalasiga oydinlik kiritildi

 116 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan