Shan. Mar 28th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Chiqindilar orasidan “maska” tergan kim edi?

U inson ruxiy nosogʻlom boʻlib, uning shaxsiga aniqlik kiritildi.
musormaska - Chiqindilar orasidan “maska” tergan kim edi?

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda chiqindilar yigʻish joyida bir fuqaroning “tibbiy niqoblar” toʻplayotgani aks etgan videolavhalar tarqalgan edi. U inson ruxiy nosogʻlom boʻlib, uning shaxsiga aniqlik kiritildi.

Maʼlumki, chiqindilar orasidan terib olingan tibbiy niqoblar yana ishlatishga chiqarib yuborilishi mumkinligi haqidagi izohlar bilan tarqalgan maʼlumotga ilova qilingan videodagi fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish va tegishli choralar koʻrish maqsadida suratda koʻrsatilgan manzil va shaxs haqidagi maʼlumotga ega boʻlsangiz Ichki ishlar vazirligiga xabar berish soʻralgan edi.

IIVning surishtiruv ishlari natijasida bu fuqaro kim ekanligiga aniqlik kirtildi. Aniqlanishicha, mazkur holat 8-mart sanasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida boʻlib oʻtgan. Fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilganda, uning ruxiy nosogʻlom ekanligi maʼlum boʻlib, uning oila aʼzolari bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.

 60 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan