Yak. Mar 29th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Turkiyadan Oʻzbekistonga qaytgan fuqaro vafot etdi

Turkiyaning Istanbul shahridan Fargʻonaga qaytgan fuqaro insult xastaligidan vafot etdi.
03moshna 1024x638 - Turkiyadan Oʻzbekistonga qaytgan fuqaro vafot etdi

Turkiyaning Istanbul shahridan Fargʻonaga qaytgan fuqaro insult xastaligidan vafot etdi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, shu yilning 25-mart kuni charter reysi bilan Istanbuldan Fargʻonaga uchgan 63 yoshlik nogironligi mavjud fuqaro F.ning ahvoli samolyotda ogʻirlashgan. Unda yurak yetishmovchiligi, oyoq va qoʻllarida harakatsizlik kuzatilgan.

Bu haqda xabar olingach, Fargʻona shahar halqaro aeroportiga maxsus jihozlangan reanimobil tez tibbiy yordammashinasi oʻz vaqtida yetib kelgan.

Shundan soʻng bemorga zudlik bilan reanimatsion muolajalar koʻrsatilgan. Mashina ichida unga yurak, nafas tizimini yaxshilash uchun muolajalar bajarilib, defibrilyatsiya amaliyoti tezkorlik bilan oʻtkazilgan. Standartlar boʻyicha oʻtkazilgan muolajalarga qaramasdan, bemor vafot etgan.

Unga bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi, oʻtkir yurak yetishmovchiligi tashxisi qoʻyilgan. Ayni paytda sud-tibbiy ekspertizasi oʻtkazilmoqda.

 33 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan