Shan. Mar 28th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

AQSHdagi oʻzbekistonliklar Vatanga qaytarilish arafasida

AQSHdagi oʻzbekistonlik fuqarolar ham Vatanga olib kelinadi.
goverment 1024x570 - AQSHdagi oʻzbekistonliklar Vatanga qaytarilish arafasida

AQSHdagi oʻzbekistonlik fuqarolar ham Vatanga olib kelinadi. Bu haqda Darakchi nashri xabar bermoqda.

Maʼlumki, AQSHda koronavirusning keskin tarqalishi tufayli mamlakatda favqulodda holat joriy etilgan. Shuningdek, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” kompaniyasi Nyu-York-Toshkent yoʻnalishidagi muntazam reyslarni vaqtincha toʻxtatgan.

Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasi tezkor shtab-kvartirasida va Bosh konsulxonada Nyu-Yorkda doimiy ravishda fuqarolar bilan aloqada boʻlish uchun oʻz vaqtida batafsil maʼlumotlarni taqdim etish va qiyin ahvolda qolgan vatandoshlarni zudlik bilan qaytarish uchun “ishonch telefonlari” ishlayapti.

Ushbu ishning bir qismi sifatida Vashington shahridagi elchixona koʻmagi bilan 16-20-mart kunlari AQSHda boʻlgan oltita fuqaro Oʻzbekistonga charter reysda borish uchun Istanbul shahriga joʻnatilgan.

Bundan tashqari, Rossiyaning Gavanadadagi Bosh konsulligi bilan birgalikda sayyohlik guruhi tarkibida boʻlgan ikki nafar Oʻzbekiston fuqarolarini Turkiyaga joʻnatishda yordam berdi.

AQSHda vaqtincha istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizalarni uzaytirish masalalarini tezda hal qilish maqsadida elchixona AQSH Davlat departamenti va amerikalik yuristlar bilan immigratsiya sohasida faol muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Turkiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Indoneziya, va Xitoyda boʻlgan oʻzbekistonliklar Vatanga charter reyslarda olib kelingan edi.

 26 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan