Yak. Mar 29th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Nima uchun Italiya koronavirus qarshisida ojiz qoldi?

Italiya oʼlim holatlari boʼyicha 9 % lik koʼrsatkich bilan birinchi oʼrinda boʼlib turibdi.
1 1065887 - Nima uchun Italiya koronavirus qarshisida ojiz qoldi?

Аgar Yevropa xaritasiga nazar tashlab, koronavirus sababli yuz bergan oʼlim hodisalarini tahlil qiladigan boʼlsangiz, raqamlar orasidagi katta farq koʼzga tashlanadi. Nima uchun ayrim mamlakatlarda karantin holatiga qaramay virus yashin tezligi bilan tarqalmoqda, boshqa mamlakatlarda esa ularning soni nisbatan kamroq?

Bugungi kunda koronavirusdan butun dunyoda 330 000 kishi kasallandi, ularning 4,5%, yaʼni 15000 kishi olamdan koʼz yumdi. Italiya oʼlim holatlari boʼyicha 9 % lik koʼrsatkich bilan birinchi oʼrinda boʼlib turibdi.

Ispaniyada ushbu raqamlar 6 %, Buyuk Britaniyada 5%, Germaniyada esa 0,4% ni tashkil qilmoqda. Koʼplab xalqaro nashrlar va tibbiyot jurnallari ushbu holatga izoh berish uchun harakat qilmoqdalar. Tahminlardan biriga koʼra, bu yerdagi asosiy gap oʼlim koʼrsatkichlarini hisoblash usulining turlicha ekanligida. Yana bir tahminda esa aynan Italiyada bemorlarning aksariyati katta yoshli insonlar ekani bunga sabab boʼlgani aytilyapti.
Bu borada uchinchi tahmin ham bor. Unga koʼra, italiyalik va ispaniyalik fuqarolar virus avj olgan vaqtda mahalliy shifoxonalardagi ogʼir vaziyat, bemorlarning haddan tashqari koʼp ekanligi sababli kasallikni ogʼirlashtirib yuborganlar.

Аyrim tibbiyot analitiklari ushbu sharoitda yana bir omilga diqqat qaratmoqdalar. Italiyadagi kasalxonalardagi osma karavotlar soni, yaʼni shifokorlar tomonidan kasallangan bemorlarni shifoxonaga joylashtirish, katta yoshli insonlarga statsionarlarda eʼtibor koʼrsatish hamda virus avjidan saqlanish imkoniyati oʼrtacha boʼlgan.

JSST maʼlumotlariga koʼra, Italiyada aholining har 100 000 nafar vakiliga 331 ta, Ispaniyada 298 ta osma karavotlar toʼgʼri keladi. Buyuk Britaniyada esa bu koʼrsatkichlar 274 taga teng. Germaniyada joriy raqamlar 826 tani tashkil qiladi, aynan mana shu narsa oʼlim koʼrsatkichlariga bevosita taʼsir qilgan boʼlishi mumkin.
Rossiyada har 100 000 nafar aholi vakiliga 818 tadan osma karavot toʼgʼri kelishi maʼlum qilingan. Bu Germaniyadagi koʼrsatkichlardan birozgina kamroq degani. Аlbatta, bu mamlakatni yuqori darajadagi oʼlim holatlaridan saqlab qolish kafolati emas, bu borada tahlil qilish kerak boʼlgan yana boshqa koʼplab omillar ham bor.

 41 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan