Sesh. Mar 31st, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

AQSH koronavirusdan zarar koʻrayotgan Oʻzbekistonga 37 million dollar pul beradi

AQSH koronavirusdan zarar koʻrayotgan Oʻzbekistonga 37 million dollar pul beradi.
DdYcKmOWAAE7Bhw 1024x680 - AQSH koronavirusdan zarar koʻrayotgan Oʻzbekistonga 37 million dollar pul beradi

AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (YuSAID) yangi koronavirusidan zarar koʻrayotgan Oʻzbekistonga 37 million dollar ajratishini eʼlon qildi.

Maʼlum qilinishicha, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashning dolzarb muammolarini muhokama qilish uchun 23-mart kuni Oʻzbekistonning AQSHdagi elchisi Javlon Vahobov AQSH Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari byurosining videokonferensiyasida ishtirok etgan.

Tadbirni AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha yordamchisi Elis Uells olib borib, unda AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlarining (CDC), Konsullik masalalari byurosi, chet el vakolatxonalari va boshqa idoralarning etakchi mutaxassislarining chiqishlari oʻrin olgan. Tadbirda Vashingtonda Markaziy Osiyo mamlakatlari elchixonalari rahbarlari ham ishtirok etgan.

Diplomatik vakolatxonalar AQSH va Kanadadagi oʻzbek diasporasi tashkilotlari va jamoat faollari bilan doimiy aloqada boʻlib, oʻzbekistonliklarni koronavirus yuqtirish faktlarini aniqlash va ularga oʻz vaqtida amaliy yordam koʻrsatish uchun ishlamoqda.

Shuningdek, koronavirusni aniqlash, reaktivlarning diagnostik toʻplamini yaratish uchun Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasi Amerikaning “Genscript” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan sinov tizimlari namunalarini laboratoriya tadqiqotlari uchun Oʻzbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilmiy texnologiyalar markaziga taqdim etgan.

Amerika Qoʻshma Shtatlarining yuqumli kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari tomonidan tasdiqlangan ushbu sinovlardan mahalliy analoglarni ishlab chiqarishda foydalanish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, elchixona ekspress-test ishlab chiqaruvchilar – Amerikaning “Biomedomics” va “US Inc”. kompaniyalari, shuningdek, Vashington universiteti tibbiy laboratoriyasida ularni Oʻzbekistonga etkazib berish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda.

AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (YuSAID) yangi COVID-19 koronavirusidan zarar koʻrgan yoki uning tarqalish xavfi yuqori boʻlgan 25 mamlakatga, shu jumladan, Oʻzbekistonga 37 million dollar ajratishini eʼlon qildi.

Ushbu dastur doirasida Amerika Oʻzbekistonga shaxsiy himoya vositalari toʻplamlarini respublika mintaqalarida tarqatish uchun (qoʻlqoplar, niqoblar, izolyatsion xalatlar va koʻzoynaklar) topshirdi, deya xabar beradi Oʻzbekistonning Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi elchixonasi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSHdagi oʻzbekistonliklar Vatanga qaytarilishi haqida xabar bergan edik.

 37 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan