Yak. Mar 29th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Oʼzbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli ogʼirlashdi

photo 2020 02 22 06 01 39 1024x634 - Oʼzbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli ogʼirlashdi

Oʼzbekistonda koronavirusga chalingan 4 nafar bemorning ahvoli ogʼirlashgan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boshligʼi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov maʼlum qildi.

«Oʼzbekiston respublikasida koronavirus bilan kasallanganlar soni 2020 yil 25 mart ertalab soat 9:00 holatida 55 nafarni tashkil etdi. Ushbu bemorlarning barchasi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolash muolajalarini olmoqda. Mazkur institut rahbariyati maʼlumotiga koʼra, hozirgi daqiqalarda 13 nafar bemorda oʼpka yalligʼlanishi – pnevmoniya alomatlari kuzatilyapti. Bemorlardan 4 nafarining ahvoli ogʼir deb baholanmoqda. Ular intensiv-terapiya muolajalari olmoqda», deydi Otabekov.

Maʼlumot uchun, biroz avval Sogʼliqni saqlash vazirligi koronavirus infektsiyasiga chalinganlar soni 55 nafarga yetgani haqida xabar bergan edi.

Аvvalroq SSV 49 nafar bemor haqida batafsil maʼlumot bergandi. Jumladan, ulardan 19 nafari erkak, 30 nafari xotin-qiz, shuningdek, 4 nafari voyaga yetmagan bolalar. Yosh jihatdan qaraydigan boʼlsak, 0-9 yoshgacha – 4 nafar, 10-19 yoshgacha – 1 nafar, 20-40 yoshgacha – 27 nafar, 40-50 yoshgacha – 7 nafar hamda 50-59 yoshgacha – 4 nafar, 60-70 yoshgacha boʼlgan esa 6 nafar Oʼzbekiston fuqarolari hisoblanadi.

Eslatib oʼtamiz, Frantsiyadan kirib kelgan ilk bemor yetib kelgan kuni oʼz xonadonida 35 kishi ishtirokida bayram qilgan. Oʼsha mehmondorchilikda qatnashganlardan 13 kishida bugungi kunda bu kasallik qayd etilgan.
U bilan samolyotda 250 kishi kelgan, aeroportda tushganidan keyin shaxsiy avtomobilida ham oila aʼzolariga yuqtirgan. Keyin ishiga chiqqan va ish joyida 80 nafar xodim va 42 nafar bemorlar bilan muloqotda boʼlgan.
Oʼsha muloqotda boʼlganlar ham oʼz navbatida oila aʼzolari yoniga qaytadilar, kundalik hayotdagi ishlarini bajaradilar, doʼkon, sartaroshlarga kiradilar. Yaʼni, bu oʼrinda kasallik geometrik progressiyada tarqalib ketishi mumkin.

 166 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan