Sesh. Mar 31st, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

FIFA yozgi transfer oynasi muddatini yanvargacha uzaytirishi mumkin

picture - FIFA yozgi transfer oynasi muddatini yanvargacha uzaytirishi mumkin

Yozgi transfer oynasini 2021-yilning yanvariga qadar uzaytirilishi mumkin. The Telegraph nashri xabariga ko`ra , Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) klublar bilan ushbu masalani muhokama qilmoqchi.

Ta’kidlanishicha, mazkur qaror koronavirus sabab zararga uchragan klublar moliyaviy holatini tiklashga xizmat qiladi. Yaqin vaqt ichida FIFA bu masalani klublar bilan muhokama qiladi. Ayrim jamoalar rahbarlari bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamoqda.

Kelayotgan transfer oynasida klublar ulkan moliyaviy yo‘qotishlar sabab katta xaridlarga qo‘l urmasligi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Yevropada koronavirus sabab Belarus chempionatidan boshqa barcha futbol chempionatlari to‘xtatilgan. Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi ham qoldirilgan. Yevro—2020, Tokio—2020 Olimpiadasi va Kopa Amerika—2020 musobaqalari esa 2021-yilga surilgan.

 34 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan