Shan. Mar 28th, 2020

EFFECT.UZ

MAQSAD SARI BIRGALIKDA

Oʻzbekistonda yana bir kishi karantindan qochib ketdi

izolyasiya 1024x683 - Oʻzbekistonda yana bir kishi karantindan qochib ketdi

Oʻzbekistonda yana bir kishi karantindan qochib ketdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati maʼlum qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, Rossiya Federatsiyasi orqali Moskva-Toshkent yoʻnalishidagi poyezd bilan Oʻzbekistonga kirib kelgan fuqaro Sh.R., Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joylashgan “Dout ota” bojxona chegara postidagi tekshirish vaqtida, koronavirus (Covid-19) kasalligiga chalinganlikda gumonlangan.

Soʻngra Qoraqalpogʻiston Resbuplikasi Nukus shahridagi “bolalar markaziy kasalxonasi”ning karantin boʻlimiga davolash maqsadida yotqizilgan.

Ammo shunga qaramasdan epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini koʻpol ravishda buzib, oʻzboshimchalik bilan 21-mart kuni kasalxonadan qochib ketganligi aniqlangan. Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida, fuqaro Shofirkon tumanida ushlangan.

Holat yuzasidan 21-mart kuni Sh.R.,ga nisbatan Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 2571-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov Tergov departamenti tomonidan alohida nazoratga olingan.

 94 Umumiy ko'rildi,  1 bugun ko'rildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan